Turopereyting



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə28/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125
Turopereyting

Idrisiy (1100-1165). Idrisiy Marokashning Seut shahrida tug‘ilgan. U 16 yoshidayoq Kichik Osiyoga sayohat qilgan. Tarixchilarning manbalari bo‘yicha Al-Idrisiy Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, bu mamlakatlarning 11-12 asrlar dagi hiyoti to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni qoldirgan dastlabki arab olimlaridan hisoblanadi. Marokashning Janubiy-G‘arbiy Yevropaga geografik jihatdan yaqinligi bois sayyoh 1120 yillar davomida Portugaliya, Fransiya, Angliya, Shotlandiya, Irlandiya, va G‘arbiy Germaniyaga bir necha bor sayohat qilgan. Shuning dek, sayyoh Polsha, Vizantiya, Bolqon yarim oroli, Shimoliy Afrika va Sharqiy Yevropadagi ba’zi davlatlar haqida boy geografik ma’lumotla to‘pladi. U o‘z asarlaridagi matnlarda 6000 ta, ilova qilingan xaritalarida esa 2500 dan ortiq geografik ob’ektlar nomini keltirgan.
Ibn Battuta (1304-1377). Marokashlik Ibn Battutaning nomi Sharq mamlakatlarida yaratilgan geografik kashfiyotlar ro‘yxatining birinchi o‘rnida turadi. Uning “Ibn Battutaning sayohati” kitobi dunyoning mashhur geograflari e’zozlagan asarlardan biri hisoblanadi. U 21 yoshida-1325 yilda Sahroi Kabirni piyoda kesib o‘tib Makkaga sayohat qildi. Shundan so‘ng Ibn Battuta Yaqin Sharq va O’rta Sharqning eng gullab yashnagan shaharlari Quddus, Damashq, Makka, Basra, Bag‘dod va Tabrizda bo‘ldi. U Makkada vatandoshimiz Imom al-Buxoriyning “Al-Jomiy as-Sahih” deb nomlangan mashhur hadislar to‘plami bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidi. Uning ikkinchi safari Qizil dengiz–Yaman–Somali–Fors ko‘rfazi–Arabiston yarim orolidan (piyoda)da o‘tdi.
Sayyoh-olimning uchinchi sayohati Turkiya shaharlari va Qora dengiz sohillarini o‘rganishga bag‘ishlandi. Shundan keyin Ibn Battuta Qrim-Azov dengizi-Shmoliy Kavkazga sayohat uyushtirdi. Bu sayohat davomida Battuta Astraxanga keldi va Xorazmlik savdogarlar bilan O’rta Osiyoga yo‘l oldi. Uning 15 yillik sayohati shu tariqa boshlandi.
Uning asarlarida markaziy Osiyoning o‘sha vaqtdagi eng yirik shahar larining ta’riflari mukammal yozilgan. Battuta Samarqanddan keyin Xurosonga-Eron va Afg‘onistonning barcha shaharlarida bo‘ldi. U o‘zi bir umr orzu qilgan Hindistonga 1333 yilda etib keldi. Battuta 1342 yilda hind elchisi sifatida Xitoyga safar qildi. Shundan so‘ng sayyoh Malaziya-Bengaliya orqali yana Hindistonga so‘ngra dengiz yo‘li bilan Tunis-Italiya orqali Marokashga qaytib keldi.
Mashhur sayyohning so‘ngi safari Afrika tabiatini va davlatlarini o‘rganish bo‘ldi. Bu sayohat davomida Ibn Battuta Sahroi Kabirni ikkinchi marotaba piyoda yurib o‘tdi. U dunyoning uch qit’asida 28 yil bo‘lib 120 ming kilometr masofani bosib o‘tdi.
Qur’oni karimni rus tiliga tarjima qilgan rus arabshunos olmi I.Krachkovskiy-“Mashhur Ibn Battuta barcha musulmon davlatlarini aylanib chiqqan oxirgi buyuk sayyoh va universal geograf-amaliyotchi edi. Uning sayohati hamisha ehtirom bilan tilga olinadi.O’rta asrlardagi Oltin O’rda va O’rta Osiyo haqidagi biror-bir ilmiy ishni Ibn Battutaga murojaat qilmasdan bajarishning iloji yo‘q”. Taniqli nemis geografi R. Xennig - “14-asrda yashagan Marokashlik Ibn Battuta qadimgi dunyo va O’rta asrlar bilgan sayyohlarning eng buyugi sifatida tan olinishi lozim”.



Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin