Turopereyting


Semyon Dejnyov (1605-1673)



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə31/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125
Turopereyting

Semyon Dejnyov (1605-1673). Semyon Ivanovich Dejnyov-taniqli rus dengizchi-sayyohi. U daniyalik rus sayyohi Vitus Beringdan 80 yil oldin Osiyo va Amerikani ajratib turuvchi Bering bo‘g‘izidan birinchi bo‘lib o‘tgan.
Osiyo va Amerikaning birlashgan va birlashmaganligi o‘sha zamonlarda aniq emasdi. Jasur sayyoh S. Dejnyov bu yo‘nalishda shimolga ko‘plab ekspeditsiyalar tashkil qildi va nihoyat 1648 yilgi ekspeditsiyada U Osiyo va Amerikaning alohida-alohida kontinent ekanligini hal qildi. Uning ekspeditsiya hisobotida “eskimoslar yashaydigan orollar yonidan dengiz-okean orqali o‘tdim va katta erning (Osiyoning) qirg‘oqlari hech qaerda “YAngi er” (Amerika) bilan tutashmagan”.
Tarixda birinchi marta ushbu bo‘g‘izdan suzib o‘tgan va kashf qilgan S. Dejnyov muhim geografik masalani hal qildi. U mazkur sayohati natijasi da Amerikaning mustaqil kontinent ekani va Yevropadan Xitoyga Shimoliy dengiz yo‘li orqali borish mumkinligini isbotladi. Ammo jasur sayyohning hisobotlari Yakutskda qolib ketgan va keng jamoatchilik ham ilm ahli ham buyuk kashfiyotni o‘z vaqtida bilmagan. Ammo hozirgacha ko‘plab tadqiqotchilar Yakutiyaliklarni ilmsizlikda va S.Dejnyovga nisbatan xiyonotkorlikda ayblaydilar.
Yevropa davlatlarida ushbu kashfiyot haqida ma’lumotlarning bo‘lmagan ligi sababli, Amerika va Osiyo o‘rtasidagi bo‘g‘izning kashfiyotchisi degan nom Vitus Beringa nasib etdi va ushbu bo‘g‘izga uning nomi berildi. Kech bo‘lsada Rossiya hukumati V.Bering nomini abadiylashtirdi. Sayyoh xotirasiga hurmat tariqasida Shimoliy muz okeanidagi orol, yarim orol, qo‘ltiq va Yoqutiston dagi qishloq uning nomi bilan atalgan. Sayyohning vatani Velikiy Ustyugda va Rossiya shon-sharaf bog‘ida unga haykal o‘rnatilgan.
Vitus Bering.Vitus Ioanassen Bering-mashhur rus dengizchi sayyohi, rus flotining komandiri, asli kelib chiqishi daniyalik. V.Bering 1725-1730 va1732-1742 yillarda rus floti tomonidan amalga oshirilgan birinchi va ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyalariga boshchilik qildi. V.Bering birinchi ekspeditsiyada ko‘plab orollar va bo‘g‘izlarni erlarni kashf qildi va Amerika bilan Osiyoning o‘rtasidagi bo‘g‘izdan o‘tgan, lekin quyuq tuman bo‘lgan ligidan Amerika qirg‘oqlarini ko‘rmagan.
Ikkinchi ekspeditsiyada-1741yilning 17 iyulida dengizchilar 58 darajali shimoliy kenglikdan yuqoriroqda baland tog‘ tizmasini ko‘rdilar. Bu Shimoliy Amerika edi. V.Bering bu erda 7 ta orol,bitta yarim orol va Aleut tog‘larini kashf etdi va xaritaga tushirdi. V. Bering 1741 yilning 4 noyabrida keyincha lik o‘zining nomi bilan nomlanadigan orolga etib keldi. Ekspeditsiyada oziq-ovqat tugagan, kuchli sovuq natijasida dengizchilar kasallikga chalina boshladi. Xuddi shu erda V.Bering va ko‘plab dengizchilar halok bo‘lishdi. Qolgan 46 dengizchi muzlab qolgan kemadan qayiq yasab, elkan siz faqat eshkaklar yordamida uzoq suzib, 1742 yilning avgustida Petropav lovsk shahriga etib kelishdi.Vitus Beringning olib borgan tadqiqotlarining naqadar to‘g‘riligini birinchi bo‘lib ingliz sayyohi Jeyms Kuk e’tirof etdi va Amerika bilan Osiyo o‘rtasidagi bo‘g‘izni Bering bo‘g‘izi deb nomlashni taklif etdi. Jasur dengizchi sayyoh nomiga ko‘plab orollar, daryolar qo‘yildi. Tinch okeanidagi sayyoh vafot etgan Bering orolida uning haykali o‘rnatilgan.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin