Rual Amundsen (1872-1928). Ilm–tadqiqot yo‘lida jahonda mashhurlarning mashhuri bo‘lganlar ancha ozchilikni tashkil qiladi.ana shu ozchilikning ham birinchilaridan biri-Rual Amundsendir. Shimoliy va Janubiy qutblarga birinchi bo‘lib borgan. Shimoliy qutb dengizi yo‘lini ham birinchilardan bo‘lib kashf qilgan. U shimoliy muz okeani qirg‘oqlarini birinchi bo‘lib to‘la bosib o‘tgan qutbshunos olim sifatida ham tarixda qolgan.Jasur dengizchining mashhurligining asoslari uning xavf-xatarlar to‘la,inson qadami etmagan notanish,qahraton qish oylarida shimoliy va janubiy qutbga birinchi bo‘lib etib borganligi va eson-omon uyiga qaytganligi hisoblanadi.
R.Amundsen geografik kashfiyotlar tarixida qator yangi sahifalar ochgan.Uzoq yillar davomida u Er sharining shartli o‘qi o‘tadigan har ikkala nuqtalar-Shimoliy va Janubiy qutblarda bo‘lgan yagona sayyoh hisoblanib kelingan.
Jak iv Kusto (1910-1997). Bu olim haqida ma’lumotlarni keltirish ning zarurati yo‘q. Chunki, mashhur Kustoni dunyodagi barcha xalqlar yaxshi bilishadi. Faqat u umrining oxirlarida Gibraltar bo‘g‘izi orqali tutashib turuvchi O‘rtaer dengizi va Atlantika okeani suvlarining asrlar davomida biri-biri bilan qo‘shilib ketmaganligining sababini bilgandan so‘ng “Zamonaviy fanni 1400 yil ortda qoldirgan Qur’on insonning so‘zlari emas, balki faqat yaratganning kalomi ekanligiga” iymon keltirdi.
Tur Xeyerdal (1914-2002). Dunyo okeani qadimgi sivilizatsiyalarni biri-biridan ajratuvchi emas, balki o‘zaro omil bo‘lganligi haqidagi nazariyani yaratdi va okeanlardagi butun umri bo‘ylab qilgan sayohatlari natijasida bu nazariyani insoniyatga isbotlab berdi. XX asrning mashhur tadqiqotchisi tur Xeyerdal Polineziya orollariga qiziqgan.O‘sha davrda fanda bu orolning ajdodlari Janubiy–Sharqiy Osiyodan kelib qolgan degan xulosalar mavjud edi. T.Xeyerdal Polineziya liklarning orollarga shimoldan–Gavay orollari orqali kelib qolganligini isbotlab bergan.
Dunyo ilm ahli Amerikalik hindularning qadim zamonlarda Tinch okeani orollariga oddiy qayiqlarda suzib borganligi haqidagi isbotlarga isho nishmagan. T.Xeyerdal 1947 yilda Ekvador o‘rmonlaridan olingan bals daraxtlaridan sol yasab unga inklar yurtidan quvilgan afsonaviy sardor “Kon-tiki” nomini qo‘ydi va 1947 yilning 28-aprelida Perudan Tinch okeaniga suzib ketdi. Okeanda 101 kun suzishga chidagan sol-qayiq 1947 yilning 30 iyunida Tuamotu arxipelagiga etib keldi. T.Xeyerdalning nazariyasi isbotlan di, ya’ni bals qayiqlarida Tinch okeanidan suzib o‘tish mumkin.
1952 yilda Tur Xeyerdal Galapagos orollariga ekspeditsiya tashkil etdi. Buning natijasida janubiy Amerikaliklarning orolga Kolumbgacha bo‘lgan zamonlarda ham suzib borishganligini isbotladi. Mashhur olim tropik qamishdan kema yasab Tinch okeanidan suzib o‘tishga qaror qildi va “Ra” deb nomlangan qamish kemada 7 davlat vakillari BMT bayrog‘i ostida Tinch okeanini 1969 yilda muvaffaqiyatli suzib o‘tdi. U okeanlardagi sayohatlari vaqtida dunyo okeanining ifloslanganligi haqidagi ma’lumotlarni to‘plab BMTga topshirdi. “XX asrning buyuk sayyohi» nomini olgan T. Xeyerdal 2002 yilning 18 aprelida 87 yoshida vafot etgan.