8-rasm. Turistik korxonada marketing vazifalarni bajaruvchi savdo bo‘limi
3-bosqich. Marketingning mustaqil bo‘limi. Firma kengayib borib, marketing tadqiqotlar, yangi tovarlarni yaratish, reklama va savdoni rag‘batlantirish, xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga qo‘shimcha mablag‘larni ajartishga imkoni paydo bo‘ladi.
9-rasm Turistik korxonasida marketingning mustaqil bo‘limi
Ayni o‘sha vaqtda, savdo bo‘limining rahbari, odatdagidek, savdo xizmatini boshqarishga vaqtini va resurslarni tuplaydi. Asta-sekin firma rahbari marketing vazifasini mustaqil bo‘limga ajratib olish maqsadga muvofiq bo‘lar edi degan fikrga duch bo‘ladi (9-rasm.).
Bu bosqichda savdo va marketing har xil funksiyalar bo‘lsa ham, ammo bir-biri bilan uzviy bog‘langan (10-rasm).
10-rasm. Servis va turizm sohasi korxonasida marketing va turizm bo‘limlarining asosiy maqsadlari
Kuchlarning bunday taqsimlanishi korxona rahbariga kompaniyaning imkoniyatlarini va muammolarni yanada muvozanatli baholashga imkon beradi. Tahmin qilaylik, firmada savdo hajmi asta-sekin pasayib bormoqda, korxona rahbari muammo echimini qidirmoqda. Savdo bo‘limining rahbari savdo xodimlarni ko‘proq jalb qilishga, ularning ish haqini oshirishga, savdoning tadqiqotini o‘tkazishga, «kim ko‘proq sotadi» degan musobaqani o‘tkazishga, savdo vakillarini malaka oshirish kurslariga yuborishga yoki savdoni rag‘batlantirish maqsadida tovarlar narxini pasaytirish kabi takliflarni kiritadi. Ammo marketing bo‘limining rahbari bozordagi bo‘lgan vaziyatni mustaqil tahlil qilish kerak. Kompaniya kerakli segmentlarga xizmat qiladimi? Kompaniya xizmatlari yoki tovarlarga hamda raqiblar mahsulotiga bo‘lgan maqsadli iste’molchilarning qarashlari o‘zgarganmikan?
4-bosqich. Marketingning zamonaviy bo‘limi. Marketingning mustaqil xizmatining savdo bo‘limi bilan birgalikda faoliyat yuritishi eng asosiy kamchilikka ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |