Turopereyting



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə69/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125
Turopereyting

Tayanch iboralar: marketing muhiti, sub’ekt, strategiya, mikromuhit, makromuhit, boshqarish, moliya, madaniyat, mijoz, demografik omil, urbanizatsiya, iqtisodiy omil, tabiiy omil, fan-texnikaviy omil.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. Marketing muhiti deganda nimani tushunasiz?
2. Marketing ichki muhiti, uning qanday yo‘nalishlari tahlil etiladi?
3. Ichki muhitni tadqiqot qilishdan maqsad nimada?
4. Korxona (firma) madaniyati o‘zida nimalarni mujassamlashtiradi?
5. Tashqi muhit omillari nimalardan iborat?
6. Demografik omillarning tafsilotini ayting.
7. Iqtisodiy omillar muhimligi nimada namoyon bo‘ladi?
14-MAVZU. TURIZM BOZORINING MARKETING TADQIQOTLARI
Reja:
14.1. Turizmda marketing tadqiqotlarning ahamiyati, mazmuni va shakllari.
14.2. Turizm bozorini marketing tadqiqotlari.


14.1. Turizmda marketing tadqiqotlarning ahamiyati, mazmuni va shakllari
Turizmda marketing tadqiqotlar ma’lumotlarni doimiy to‘plash qayta ishlash va tahlil qilishga asoslangan marketing echimlarni qabul qilish jarayonida noaniqlikni kamaytirish va xavf-xatarni minimallashtirishga imkon beradi. Turizmda marketing tadqiqotlarning samaradorligi va natijaviyligi bir qator tamoyillarga e’tibor berishga asoslangandir. (14-rasm).
Turistik firmalar ikki xil tadqiqot o‘tkazishi mumkin:
1) Turistik bozorda ruy beradigan barcha o‘zgarishlarni va rivojlanish yo‘nalishlarni aniqlash maqsadida doimo o‘tkaziladigan joriy tadqiqot;
2) Turistik bozordagi o‘zgarishlar tahlilini tekshirish yoki tahlil qilish maqsadida bitta aniq vaziyatni o‘rganish.




14-rasm. Turizmda marketing tadqiqotlarni o‘tkazish tamoyillari.
Turizmdagi tadqiqotlar har xil shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin:
- oddiylardan boshlab murakkablarigacha;
- dalillarni to‘plashdan boshlab majmuali matematik.
Marketing tadqiqotlar tamoyillari, tadqiqot muammolari, maqsadlari va vazifalarini keng ravishda aniqlash hamda ishchi bashoratni shakllantirishdan iborat. Marketing tadqiqotlarining boshlang‘ich nuqtasi bu echimga muhtoj bo‘lgan muammoning xususiyatidan kelib chiqadigan maqsadlari va vazifalarning aniq shakllanishi.Marketing tadqiqotlar jarayonida echimga muhtoj bo‘lgan muammolar to‘g‘risida to‘liq axborot olish uchun qo‘yidagi yondoshuvlarni birgalikda qo‘llash zarur:
korxonaning ishlab-chiqarish va savdo faoliyati natijalarni tahlil qilish;
rahbar va mutaxassislarni ekspertlar tekshiruvidan o‘tkazish;
marketing vazifalar bajarilishini nazorat qilish.
Belgilangan muammolar aniq shakllangan va detallashgan marketing tadqiqotlarning maqsadlarini bilishga imkon beradi. Aniq shakllangan maqsad tadqiqotlarning bosh yo‘nalishlar va hajmlarni tanlash uchun xizmat qiladi. Tadqiqotning aniq vazifalarni shakllanishi maqsadni tushunishga ko‘maklashadi va uning aniqligiga olib keladi, ya’ni noaniqlikni yo‘q qiladi.
Tadqiqot muammosini, maqsad va vazifalarning aniqlanishi ishchi bashorati ya’ni marketing tadqiqotni o‘tkazish orqali tekshirishga oid bo‘lgan o‘rganiladigan hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi aloqalarga va ahamiyatiga nisbatan bo‘lgan tasavvurlarni shakllantirish imkoniyatini ta’minlaydi.Bashorat o‘rganiladigan muammo bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi va uning echimi uchu nasos bo‘lib xizmat qilishi kerak. Bundan tashqari, uni empirik material asosida tekshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Bashoratning ikkita turi mavjud:
1) bayon qiluvchi bashoratlar bu o‘rganiladigan ob’ektlar, hodisa va jarayonlarning muhim xossalari va tavsiflari to‘g‘risidagi asosiy tahminlar.
2) tushuntiruvchi bashoratlar dalillar va xodisalar o‘rtasida bo‘lgan aloqalar va sababli-oqibatli bog‘lanishi to‘g‘risidagi asosiy tahminlar.
Ishchi bashorat tadqiqot uchun zarur bo‘lgan xilma-xil axborot manbalaridan olish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirishga imkon beradi.
Axborot manbalarni ajratib olinishi zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yuqori tezlik va samarali olish uchun zarur bo‘ladi. Tadqiqotchilar o‘z faoliyatini odatda ikkilamchi ma’lumotlarni tahlildan boshlashadi; agar ular etarli bo‘lmasa, birlamchi ma’lumotlarni to‘play boshlaydilar.Axborot to‘plami jarayoni aniq tuzilma asosida amalga oshiriladi. Vaqt va qiymat cheklanganligi tufayli marketing tadqiqotlar odatda tanlov tavsilotga ega bo‘ladi. Butunlikni ifoda etadigan maqsadli guruh (bosh butunlik) ning ayrim qismining tadqiqotini o‘tkazish asosida butun guruhning yurish-turishi fikri va h.k. to‘g‘risida xulosa berish mumkin.
Birlamchi axborotni tuplash jarayonida tanlash rejasini tuzish zarur, chunki u tadqiqot oldida turadigan maqsad va vazifalariga javob beradi. Buning uchun aniqlash kerak:
tanlash tarkibini: kuzatuvchi ob’ektlar butunligi (iste’molchilar, kompaniya xodimlari, dallollar va h.k.)ni ifoda etadigan tadqiqot ob’ektini aniqlash;
tanlash tuzilishini: uni aniqlashda odatda ikkita taxminiy va determinallashgan yondoshuvdan foydalanadi. Taxminiy yondoshuv butunlikning qanday unsuri bo‘lmasin, u aniq tahmin asosida tanlanish mumkinligini ifoda etadi. Amaliyotda eng oddiy va tarqalgan usuli bu oddiy tasodifiy tanlash, chunki bunda butunlikning har qaysi unsuri tadqiqot uchun tanlashning teng taxminiga ega bo‘ladi.
Determinallashgan yondoshuv butunlikning unsurlarini tanlash qulaylik (muloqat o‘rnatish oddiyligi), yoki tadqiqotining qarori yoxud guruh tarkibi (butunlikning vakillik unsurlari)ga asoslangan usullar orqali amalga oshirilishini taxmin qiladi. Taxminiy tanlashning aniqligi yuqori, lekin u determinallashgan usuldan ancha murakkab va qimmat:

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin