Turopereyting


Turistik korxonalarida marketing strategiyasi



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə80/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125
Turopereyting

16.3. Turistik korxonalarida marketing strategiyasi
Butunjaxon turistik tashkilotning (BTT) tushunchasiga ko‘ra, turizm faqat iqtisodiy hodisa bo‘lib qolmasdan, balki bir vaqtning o‘zida ijtimoiy, madaniy, ekologik va siyosiy hodisa hamdir. Bunga binoan, marketingdan foydalanishda barcha aytib o‘tilgan omillardan yuqori darajada foydalanish lozim. Bunda u ko‘proq turistik firmalarni ham, iste’molchi mijozlarning ham manfaatlarini ifoda etadi. Turizm sohasisiz murakkab tizim bo‘lib, u iqtisodiyot, siyosat, ekologiya, madaniyat bilan yagona bo‘lgani uchun ijobiy marketing natijasiga erishish uchun xilma-xil tashkilot va korxonalar marketingini o‘zaro muvofiqlashtirishi kerak. Turizmdagi marketing tamoyillari boshqa sohaga nisbatan yanada ko‘proq to‘liqroq va o‘tkir tavsifga egadir. Ular savdo siyosatida muhim omil bo‘lib, iste’molchilarning talabini o‘rganish bilan bir qatorda turist-iste’molchilarning muammolarini aniqlashda asos bo‘lib qoladi. «Ehtiyojlarni aniqlang va ularni qondiring» - bu ibora turizmdagi marketing tamoyillarini etarli darajada ta’riflaydi.
Marketing mohiyatini yanada aniqroq tushunish uchun uni tijorat harakatlarining tamoyillari bilan taqqoslash kerak. Hech shubhasiz, bu ikkita tamoyil bir-biriga yaqin, ammo marketing ko‘proq vazifalarni echadi. Bu holat amerikalik mutaxassis T. Levit tomonidan juda yaxshi ifodalangan. U quyidagilarni e’tiborga olgan: «Sotuv bo‘yicha tijorat harakatlari» - bu sotuvchining ehtiyojlarini qondirishga bo‘ysinishi, marketing esa xaridorning ehtiyojlariga bo‘ysinishi. Sotuv bo‘yicha tijorat harakatlari – sotuvchining tovarini naqd pulga aylantirish bo‘yicha ehtiyojlarini amalga oshirish, marketing esa mijozning ehtiyojini tovar orqali va bu tovarni yaratish hamda iste’mol qilishning bir qator omillari bilan bog‘liq masaladir.
Tijorat harakatlarni jadallashtirish tamoyillarida e’tiborga olinadigan asosiy ob’ekt – mavjud bo‘lgan turistik mahsulot, foydali sotuvni ta’minlash esa kuchli tijorat harakatlarni va rag‘batlantirish vositalarni talab etadi.Milliy turistik mahsulot reklamasining samaradorligini quyidagi ma’lumotlar ifoda etadi: Fransiyada aytib o‘tilgan maqsad-larga sarf bo‘lgan 1 dollarga 300 dollarlik daromad olinadi. Buyuk Britaniyada bu ko‘rsatkich pastroqdir va 220 dollarni tashkil etadi.Marketingni milliy darajada qo‘llash turizm sohasini vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonining shakllanishi va amalga oshishida maqsadga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin