Turopereyting


Turistik mahsulotni sotishning asosiy shakllari tavsifnomasi



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə97/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125
Turopereyting

Turistik mahsulotni sotishning asosiy shakllari tavsifnomasi. Xususiy sotishlar byurosi - bu, turoperatorlik firmasining o‘ziga tegishli bo‘lgan, turlarni sotib oluvchilar bilan bevosita ish olib boradigan savdo nuqtalaridir. Bularda xaridorlarga sotuvda mavjud turlar haqida ma’lumot beriladi, bron qilish uchun talabnomalar qabul qilinadi, sotish shartnomalari tuziladi, to‘lovlar qabul qilinadi, xorijiy vizalarni rasmiylashtirish uchun pasportlar qabul qilinadi, turistik hujjatlar rasmiylashtiriladi va beriladi, shikoyatlar ko‘rib chiqiladi va hokazo.
Mijozlarni qabul qiluvchi binodan tashqari turoperatorlarning sotish byurolari, hujjatlar bilan tezkor ishlash uchun buxgalteriya, reklama va axborot materiallarini saqlash uchun xizmat joylari ham zarur.
Turoperatorlar sotish byurolarining asosiy ishlab chiqarish vazifalari:
axborot-ma’lumot stendlari, og‘zaki xabarlar, yozma ma’lumotlar yordamida tashrif buyuruvchilarga ma’lumot etkazish;
xorijga turistik sayohatlar bilan bog‘liq boshqa istalgan malumotlarni berish;
tashrif buyuruvchilardan turni bron qilish talabnomalarini firma tomonidan o‘rnatilgan shaklda qabul qilish;
bron qilish uchun talabnoma bergan tashrif buyuruvchilardan xorijiy vizalarini rasmiylashtirish uchun pasportlarni qabul qilish, ularning amal qilish muddatlarini tekshirish;
mijozlarni turni sotib olish va sotish shartlari, shuningdek, «Xorijga turistik safarlar umumiy shartlari» bilan tanishtirish;
belgilangan muddatlarda mijozdan turning avans yoki to‘liq qiymati to‘lovini qabul qilish;
turistik safar mobaynida uning sug‘urtasi masalasini kelishib olish;
mijozga xorij vizasi qo‘yilgan pasport va zarur turistik hujjatlarni berish, unga safar xususiyatlari haqidagi eslatma berilgan holda sayohat tafsilotlari haqida xabardor qilish;
sotilgan turda bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida mijozga tezda etkazilishi va shu masalani u bilan kelishib olish lozim;
mijoz tomonidan bo‘ladigan o‘zgarishlar haqidagi arizasini qabul qilish va tegishli chora-tadbirlarni qabul qilish;
turistlar uchun, ularning talabnomalari asosida, qo‘shimcha haq to‘lash evaziga avtotransport buyurtma berish;
boshqa shaharlik turistlar uchun xorij chiqish punktida mehmonxona bron qilishda yordam ko‘rsatish;
mijozlardan shikoyatlar qabul qilish.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin