Turopereyting



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə110/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125
Turopereyting

Bevosita kanal - ishlab chiqaruvchi tomonidan iste’molchiga tovarni tarqatish tadbirlarini amalga oshirish natijasida hosil bo‘ladi. Ushbu tovar tarqatish kanalida vositachilar ishtirok etmaydi, barcha tovar tarqatish bilan bog‘liq tadbirlar ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bevosita kanal to‘g‘ri marketing yoki ayrim ilmiy adabiyotlarda direktmarketing ham deb atalmoqda. To‘g‘ri marketing ishlab chiqaruvchilar uchun ham, tovarni sotib oluvchilar uchun ham qulay va foydalidir. Masalan, xaridor tovarlarni o‘z uyida turib interaktiv sotish xizmatlaridan foydalanib yoki pochta kataloglarini ko‘rib chiqish orqali sotib olishi mumkin. Boshqa tomondan esa ishlab chiqaruvchi, zamonaviy texnologiyalar (yangi multmediyali kompyuterlarning ma’lumot bazasi modemlar, fakslar, elektron pochta va h.k.) foydalanib bitta iste’molchini yoki ularning muayyan guruhini tanlab olishi va ularning xohish-istaklariga muvofiq xususiy aloqa vositalari haqidagi takliflarni yo‘naltirishi mumkin.
To‘g‘ri marketingning samaradorligi salmoqli darajada ma’lumotlar bazasining to‘liqligiga bog‘liq. U geografik, demografik, iqtisodiy, psixografik mezonlar jihatidan, shuningdek, iste’molchilar xatti-harakatlarining xususiyatlari jihatidan alohida xaridorlar haqida batafsil ma’lumotlar massivlaridan iborat. Bunday bazalar xaridorlar bilan aloqalarni o‘rnatish va bitimlarni tuzish uchun asos yaratadi.


Tayanch so‘zlar va iboralar: raqobat, raqobatbardoshlik, strategiya, taktika, raqobat strategiyasi, turizmda raqobat, sotish raqobat strategiyasi, bozorga chiqish strategiyasi, turizm bozorida raqobat.


Mustaqil ishlash uchun savollar:
Turizmda raqobat deganda nimani tushunasiz?.
Raqobatbardoshlik tushunchasi nimani anglatadi?.
Siljitish strategiyasini tarkibi nimalardan iborat?.
Tovar siljitish jarayonlarini amalga oshirish bosqichlarini ko‘rsating?.
Sotishni rag‘batlantirish dasturi qanaqangi vazifalarni echishga mo‘ljallangan?.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin