Turopereyting


-MAVZU: TUROPEREYTINGDA REKLAMA



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə111/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125
Turopereyting

23-MAVZU: TUROPEREYTINGDA REKLAMA
FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Reja:
23.1. Turizmda reklamaning ahamiyati, reklama vositalari va reklama tashuvchilarni tanlash.
23.2. Iste’molchilarni (turistlarni) va turagentlarni rag‘batlantirish.
23.3. Turizmni tashviqot qilish


23.1. Turizmda reklamaning ahamiyati, reklama vositalari va reklama tashuvchilarni tanlash
Turoperatorlik yo‘nalishidagi deyarli barcha firmalar, albatta, reklama orqali o‘z mahsulotlari haqida iste’molchilarga xabar berish bilan shug‘ullanishadi. Bu turistik mahsulot harakatining zarur elementlaridan biridir.
Reklama - bu turmahsulot va iste’molchi orasidagi bilvosita aloqa shaklidir. Reklamada ommaviy aloqa vositalaridan, ayniqsa, katalog, broshura, afisha kabi nashr materiallaridan foydalaniladi. Reklama maqsadi - diqqatni jalb etish, qiziqish uyg‘otish, iste’molchilarga ma’lumot etkazish va uni ma’lum tartibda harakat qilishga majbur qilish (masalan, turagent bilan bog‘lanish, qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab olish va hokazo). Turmahsulot ishlab chiqish - bu hali hammasi etarli degani emas, u o‘z mijozini topishligi asosiysidir. Bunda rang-barang bo‘lgan reklama katta rol o‘ynaydi.
Turizm industriyasida reklamaning ajralib turadigan tomoni uning mahsuloti xususiyati bilan aniqlanadi va quyidagicha mazmun kasb etadi:
turistik reklama, uning yordamida olg‘a surilayotgan axborotlar to‘g‘riligi va aniqligi uchun katta mas’uliyatga ega;
an’anaviy mahsulotlardan farqli ravishda doimiy sifat, ta’m, foydalilikka ega bo‘lmagan xizmatlar reklamasi, ma’lumot etkazish va targ‘ibot kabi vazifalarning rivojlanishiga muhtojdir;
turistik xizmatlar xususiyatlari turistlar qiziqadigan ob’ektlarni nisbatan to‘laroq aks ettiradigan ko‘rsatma vositalaridan foydalanish zaruriyatini ko‘zda tutadi, shuning uchun bu erda, ko‘pincha, fotomateriallar, suratlar, chiroyli izoh mahsulotlaridan foydalaniladi;
reklama turizmning doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi va odamlarga nafaqat sayohatgacha, balki sayohat davrida va undan keyin ham xizmat qiladi. Bu unga alohida mas’uliyat yuklaydi va boshqa mahsulot va xizmatlarga xos bo‘lmagan xususiyatlarni beradi.
Turizmda reklamaning tipik maqsadlari quyidagilardir:

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin