Ovqatlantirish korxonasi bilan shartnoma. Bunday shartnomalar alohida ovqatlantirish korxonalari bilan to‘ziladi, agar ovqatlantirish turistlarni joylashtirish vositalaridan tashqarida amalga oshirilsa va mehmonxona korxonalari bilan shartnomalarga kiritimagan bo‘lsa. Bu yo‘nalishli, tematik turlarda bo‘lishi mumkin.
Bunday shartnomalarda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatiladigan turistlar soni;
buyurtmalarning o‘lchami va muntazamligi;
ovqatlantirish ko‘rinishi (shved stoli, xizmat ko‘rsatish va);
taomnomalarning taxminiy variantlari;
turli ovqatlantirish ratsionlariga taxminiy narxlar;
ko‘p sonli mijozlar yoki mijozlar bilan doimiy ta’minlanganlik uchun chegirmalar;
ovqatlantirish uchun buyurtmalar berish muddatlari;
jarima sanksiyalarisiz buyurtmalarni bekor qilishning oxirgi muddatlari;
u yoki bu tomon aybi bilan ovqatlantirishdagi uzilishlar uchun muddatlari belgilangan moddiy javobgarlik.
25.3. Avtotransport korxonalari va aviakompaniya bilan shartnomalar tuzish Turistlarni avtotransport yordamida tashishni tashkil qilishning o‘zaro Xalqaro munosabatlari 1982 yil 26 mayda Dublinda qabul qilingan avtobuslarda yo‘lovchilarni nomuntazam Xalqaro tashuvlari to‘g‘risidagi Yevropa bitimi bilan tartibga solinadi. Ushbu Bitimga muvofiq nomuntazam Xalqaro yo‘lovchilar tashishni tashkil qilishda Sharqiy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida avtobus bortida bo‘lishi lozim bo‘lgan maxsus nazorat hujjatidan (yo‘l varaqalari) foydalaniladi.
Avtotransport korxonalari bilan o‘zaro shartnoma munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (“Tashuvlar” bobi); tegishli idoralar buyruqlari bilan tasdiqlangan avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini ta’minlash haqidagi Nizom va avtomobil transporti nizomi bilan tartibga solinadigan transport vositalarini ekipaji (haydovchisi) bilan ijaraga olish shartnomasi asosida o‘rnatiladi.Transport vositalarini ekipaji bilan ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga (turfirmaga) transport vositasini vaqtinchalik foydalanishga, haq to‘lash asosida beradi va avtoransport vositasini boshqarish va undan texnik foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.