25.4. Temir yo‘l va ekskursiya xizmati ko‘rsatuvchi firmalar bilan shartnomalar tuzish Maxsuslashtirilgan turistik poezdlarni ijaraga olish shartnomasi. Shunday qotib qolgan mulohaza mavjud, har bir temir yo‘l safari, ayniqsa, uzoq davom etadigani, zerikarli va noxushdir. Ammo ko‘pgina xorijiy mamlakatlar amaliyoti poezdlarda safarlar bir punktdan boshqasiga majbur qilinmagan holda ko‘chish va qiziqarli sayohat bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bu haqiqatni maxsuslashtirilgan temir yo‘l turlarini taklif etadigan xorijiy turfirma va operatorlar allaqachon tushunib etishgan. Ularni olib borish tipologiyasini g‘arb mutaxassislari mukammallashtirilgan darajaga olib bordilar.Standart temir yo‘l turlarini shart ravishda uch mustaqil kategoriyalarga ajratish mumkin: bir kunlik, uncha uzoq davom etmaydigan (2-3 sutka), ko‘p kunlik (5 kun va undan ortiq).
Maxsus turistik-ekskursion poezdni ijaraga olish shartnomasiga quyidagilar kiradi:
barcha to‘xtash punktlari ko‘rsatilgan safar yo‘nalishi;
vagonlar va vagon-restoranlarning ijara qiymati;
yo‘nalishdagi har bir punktdagi to‘xtash davomiyligi va sanalari;
ko‘rsatilgan sayohat muddatlari;
vagonlar va ulardagi joylar miqdori, vagonlar ijarasi qiymati;
vagon-restoranlar soni;
kishi boshiga choyshablar almashtirilishi miqdori;
yo‘nalish masofasi (kilometraj) va yo‘l haqi qiymati;
sayohatni bekor qilish muddatlari (yo‘lga chiqilishidan kamida 20
sutka aval);
poezdda ko‘rsatiladigan xizmatlar (choy, choy mahsulotlari, kupega
nonushta olib kelish va hokazo).
Ekskursion firma bilan shartnoma. Agar o‘ziga tegishli ekskursion bo‘lim mavjud bo‘lmasa, ekskursion firma bilan shartnomalar quyidagi punktlarni o‘zichiga oladi:
ekskursiya nomi va davomiyligi, ularda harakatlanish usullari (avtobus, piyoda, teploxod va boshqalar);
ekskursiyalarni o‘tkazish uchun talabnomalar berish muddatlari;
talabnomalarni bekor qilish muddatlari;
ekskursiyalar narxlari;
har bir ekskursiyada guruhlardagi ekskursantlar soni;
ekskursiya uzilishlari uchun moddiy javobgarlik (ekskursion firma yoki turoperator aybi bilan).