Turopereyting


Tabiatning biologik xilma



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə42/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125
Turopereyting

Tabiatning biologik xilma-xilligidagi jozibadorlik va betakrorlik. Tabiatning biologik xilma-xilligidagi jozibadorlik va betakrorligi haqida gapirilganda qandaydir tortishuvlar, isbotlashuvlarga o‘rin qoldirmaslik zarur. Lekin tabiat go‘zalligi, uning betakrorligi haqida tortishuvlar, bu betakrorlikni ba’zi bir olimlar, o‘zlarining o‘rganish, ilmiy-tadqiqotlari mavzulari bo‘yicha tushunadi va tabiatdagi betakror likni oldingi o‘rinlarga chiqarishga harakat qilishadi. Biologik xilma-xillik deganda o‘simliklar olami va hayvonot dunyosining o‘zi emas, ular o‘sadigan va yashaydigan tabiiy muhit ham tushunilmog‘i kerak. O‘zbekistonda tabiatidagi biologik xilma -xillik, betakrorlik resurslari alohida mavzu da keltirildi.
Turistning hohishi bo‘yicha turistik ob’ektda belgilanadigan jozibadorlik va betakrorlik. Jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan turistik ob’ektlarga turizmdagi oqim ham katta bo‘lishi o‘z–o‘zidan ma’lum. Masalan, Misrdagi piramidalar, Samarqanddagi Temuriylarning tarixiy, madaniy inshootlari, Hindistondagi Toj Mahal maqbarasi, Parijdagi Eyfel minora si, Xitoydagi «Buyuk Xitoy devori», Rossiyadagi «Kreml» majmuasi, Angliya dagi «Styuunxej» qoldiqlari va x.k.
Shu bilan birga halqaro turizmda ham, ichki turizmda ham alohida guruh turistlarning o‘z qiziqish ob’ekti bo‘ladi. Ko‘p hollarda bunday turistlar yoki kasbiy faoliyati bo‘yicha yoki tabiatdagi biron-bir o‘simlikning o‘sish tarzi yoki bir hayvonning yashash tarzining tabiatiga qiziqishi, aynan o‘sha turni yaxshi ko‘rishi, unga ana shu turning harakatlari yoki o‘sishi, guli, bargi, yoki rangi kichikligi, mittililigi yoki ulkan, kuchliligi yoki yirtqichligi ma’qul bo‘ladi.
Turistik marshrut ishlab chiqishda imkoniyatlarning yaratilganligi tamoyili. Bu tamoyilda turistga turistik marshrut davomi da turistik xizmatlardan foydalanishning eng qulay imkoniyatlari yaratilgan bo‘lishi lozim. Bunday imkoniyatlar quyidagi xizmatlar ko‘rsatishdagi imkoniyatlar dir.
1.Transport xizmatlaridagi imkoniyatlarning dastlabki sharoiti turistlarga xizmat qiluvchi transport xillarining zamonaviy bo‘lishligi dadir. Marshrut boshlanganidan turist birinchi nabatda o‘z yuklarini joylash tirish tashvishi bilan band bo‘lishadi. Turoperator bu tashvishni doim nazar da tutishi lozim.
Transport xizmatlarini taklif qilishda albatta baland o‘rindiqlarga ega bo‘lgan avtobus yoki mikroavtobuslarni taklif qilish yaxshi natija beradi. Baland o‘rindiqli avtobuslarda turist yo‘l-yo‘lakay ko‘p narsani ko‘radi. Ularning yuklariga kelganda eng yaxshi variant hozircha turist o‘z yukini yonida olib o‘tirishidir.Uning xotirjamligi ham shunday ta’min lanadi.
2. Marshrutdagi ekskursiyalar vaqtidagi imkoniyatlar. Turistik marshrut larning aksariyat qismida (ekologik turizm, arxeologik turizm, rekreatsiya turizmi, tarixiy, diniy turizm va hakozo turlarda) ekskursiyalar tashkil qilinadi. Ayniqsa ekologik turizm marshrutlarida, rekreatsiya turizmi marshrutlarida va turistik lagerlarda dam oluvchilar uchun turli mavzularda landshaftni ko‘rish, tomosha qilish ekskursiyalari uyushtiriladi.



Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin