Turopereyting


Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi faoliyatlilik tamoyili



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə44/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125
Turopereyting

Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi faoliyatlilik tamoyili. Bu tamoyilda bir turistik marshrutdan yil davomida foydalanish tushuniladi. Lekin mavsumlar o‘zgarishi bilan ushbu turistik marshrutdagi xizmatlarning turlari biroz murakkablashishi yoki engillanishi mumkin. Masalan, tog‘ daralariga, soylarga, buloq va daryolarga, rekreatsiya ob’ektlariga turistik marshrut yozda uyushtirilsa, xudi shu marshrutdan qish mavsumida tog‘larda chang‘i sportini tashkil qilishda, soylar va daryolar bo‘yicha ovchilik marshrutlarini tashkil qilishda foydalanish mumkin. Qisqasi turistik marshrut harakatdan to‘xtamaydi.
Turistik marshrutlarning faoliyatlilik tamoyilida faqat transport xillari va marshrutdagi xizmatlar biroz o‘zgaradi. Masalan, qishning sovuq havo sharoitida ham erkin yuruvchi, saloni isitiladigan maxsus avtomashi nalar kuzgi-qishki marshrutlarda xizmatga olinadi. Kuzgi-qishki marshrut larga turistlarni taklif qilganda turistlarning hayoti xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarga juda e’tiborli bo‘lish talab etiladi.
Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi ko‘p qirralik, (variantlilik) tamoyili. Bu tamoyil bo‘yicha ma’lum bir tur uchun ishlab chiqilgan marshrutning bir necha variantlari oldindan tayyorlanib qo‘yiladi. Masalan, ob-havo o‘zgargan hollarda turistik marshrutdagi xizmatlar ham o‘zgaradi. Ayniqsa turistik marshrutdagi ekskursiyalarni o‘tkazish qiyinla shadi (masalan, yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtda). Bunday vaziyatlarda ekskursiyaga ajratilgan vaqtni samarali o‘tkazish tadbirlari ishlab chiqish zarur bo‘ladi va marshrut dasturiga kiritiladi. Endi bu marshrut o‘zgartirilgan marshrut hisoblanadi.
Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi qulaylik tamoyili. Bu tamoyildagi talablar shundan iboratki, marshrutdagi barcha xizmatlarni turistga taklif qilishda birinchi navbatda komfortga, qulaylilikga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Bu qulayliklar haqida turistik marshrutning oldingi tamoyillarida batafsil to‘xtaldi.
Turistik marshrut ishlab chiqishning axborotlanganlik tamoyili. Turistik marshrut haqidagi barcha ma’lumotlar–broshyura, bukletlar, ma’lumotlar, gazeta, radio, TV, aloqa vositalari marshrut ish boshlaganidan oldin tayyor bo‘lishi lozim.
Turist marshrutda nimani ko‘radi, nimalar haqida ma’lumotlar eshitadi, qanday yuradi, transport turlari, dam olish, ovqatlanish tartibi, ko‘ngil ochar o‘yinlar turi, ekskursiyalar, uchrashuvlar va hakozolarga javob bo‘lishi kerak. Axborotlanganlik tamoyili turizmdagi barcha turistik resurslarga ishlab chiqiladigan turistik marshrutlarda qo‘llanilishi shart.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin