Turopereyting


Kompyuter tizimida o‘rinlarni bronlashtirish



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə62/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125
Turopereyting

11.2. Kompyuter tizimida o‘rinlarni bronlashtirish
Bronlashtirishning hozirgi zamon kompyuter tizimi – KSB (Computer Reservation SyStem - CRS) ga XX asrning 1950 yillar oxiri va 1960 yillar boshlarida asos solingandi. Xuddi o‘sha paytda avia tashishlar nufuzi oshishi aviakoipaniyalarga ulkan rezervlashtirish markazlarini yaratish zaruratini tug‘dirdi. Ularning vazifasi turistik agentlar, mijozlardan pochta, telefon, telegraf orqali joyni bronlashga tushayotgan buyurtmalarni qo‘lda ishlash edi. G‘oyat kattaligi va ishlovchi xodimlar sonining ko‘pligiga qaramay, o‘tgan biroz vaqt ichida rezervlashtirish bo‘yicha markazlar ortib borayotgan axborot hajmni uddalay olmay qoldilar. Bu esa KSB ishlanamalarining boshlanishiga to‘rtki berdi.
O‘z taraqqiyoti boshlanishida Yevropa bronlashtirish tizimida afazlligini ko‘rsatgan «Amadeus» keyinchalik o‘ziga xos tarzda amerika bozoriga yorib kirdi va bronlashtirishning “Sustem One” kompyuter tizimi bilan qurollanish unga ana shunday imkoniyat eshigini ochdi.
«Amadeus» tizimi Yevropa va Janubiy Amerikadada so‘zsiz etakchi sifatida amerika bozorida, shuningdek Afrika va Osiyo mamlakatlarida mustahkam o‘rinni egallaydi. Turistik agentliklarning ko‘proq terminallar soni va aviakompaniyalarini aviabiletlar sotish idoralari (225 549) «Amadeus» tizimiga ulangan. Rossiyada «Amadeus»ga 1000 dan ko‘proq terminallar ulangan. Ular Moskva, Sankt – Peterburg va yana 30 ta Rossiya shaharlaridan 600 dan ortiq agentliklar idoralarida joylashgan. Tizimni boshqaruv tarkibi shtat-kvartira (Madrid Ispaniya), barcha axborotlarni qayta ishlash bo‘yicha texnologik markaz (Erding, Germaniya) va tizim taraqqiyoti bo‘yicha markaz (Fransiya) larni o‘z ichiga olgan. Madriddagi bosh idora kommunikatsiya markazi hisoblanadi va umumiy marketing strtegiyasi, korporativ va moliyaviy yo‘nalishlar (350 dan ko‘proq xodimlar)ni belgilaydi. Nitssedagi mahsulotlar taraqqiyoti markazi faoliyati yo‘nalishi marketing mahsulotlari va taraqqiyoti, mijozlarni qo‘llab – quvvatlash va ma’lumotlarsiz xizmat ko‘rsatish bazasi hisoblanadi. Markazda 1100 dan ko‘proq xodimlar ishlaydi. Yevropada eng qudratli hisoblangan bosh kompyuter Myunxen yaqinidagi Erdingda joylashgan. Bu eng yirik xususiy ma’lumotlar bazasi markazi. Bu erda bir sekunda 2500 dan ziyod transaksiya amalga oshirildi. Markazda 900 dan ko‘proq xodim ishlaydi.
«Amadeus» tizimining bosh vazifasi quyidagilar hisoblanadi:
Turistik xizmatlar etkazib beruvchilarga avia temiryo‘l biletlari, otellar, avtomobil prokati va boshqa sotishning ishonchli, samarali xizmatlarini taklif etish; abonentga kuchli boshqaruv va marketing, raqobatbardosh va daromadli usulni taklif qilish; mahalliy va xalqaro etkazib beruvchilarga kirishga ko‘maklashish, faoliyat boshqaruvini ta’minlash va firma moliyaviy ishlarini yuritishda yordam berish.
Aviakompaniyalar va turagentlarga bir vaqtning o‘zida ularning idoralaridagi tizimlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish; texnik aloqa vositalari bilan global xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va boshqa tizimlar bilan ittifoqini yo‘lga qo‘yish.
Bronlashtirishning xalqaro kompyuter tizimi “Galileo Iaternational”, “IheGalileo Company Ltd” kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bu kompaniyaga 1917 yil iyulda “Brtsh Airways”, “Swissair”, “RLM” va “Covia” aviakopaniyalari tomonidan asos solingan. 1987 yil avgustda ta’sischilarga “Alitalio” va “Austrian Airlines” qo‘shildilar. 1987 yil oktyabrda ta’sischilar tarkibiga “Air Linqus” va “Tap Air Portuqal” kirdilar. 1988 yilda ularga “Sabena” va “Olympic Airuvays” ning qo‘shilishi bilan kompaniya ta’sischilari tarkibini shakllantirish yakunlanadi.
“Galileo” va “Apollo” sistemalari bazalarida dunyodagi barcha bronlashtirishning uchdan bir qismi amalga oshirilayapti.
«Galileo Intepnational» da 3 mingga yaqin menejerlar, dasturchilar va operatorlar band. Ma’lumotlarni ishlash markazi Denverdan uncha uzoq bo‘lmagan Kolorodo shtatida joylashgan. U yilning 365 kuni davomida sutkasiga 24 soat faoliyat ko‘rsatadi, har kuni 200 mln. dan ziyod xabarlarni qayta ishlaydi.
Agar “Amadtus” global GDS bozorida terminallar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallasa, tizimi ulangan turagentlar soni bo‘yicha etakchilik so‘zsiz “Galilieo”ga tegishli. Bu tizimi aviakompaniyalar, mehmonxonalar zanjiri, kompaniyalari, avtomobillarni prokatga berish nuqtalari, mehmonxonalar, turoperatorlar, kema guruhlari (kema sayohatini bronlashtirish), safarlarni bronlashtirish imkoniyatlari, teatrlarga biletlar sotish, tariflar haqida axborotlar, obh-havo ma’lumotlari, vizalar, emlashlar, kredit kartalari va boshqalar taqdim etiladi.
“Galilieo” xizmatidan jahonning 107 tadan ko‘p mamlakatlararo turagentlari foydalanadilar. “Galilieo” turfirmalari axborotlarga kirishni ta’minlaydi, yo‘l-yo‘lakay turistik xizmatlar keng turlarini bron qilishga imkon beradi. “Galilieo International” dasturi ishtirokchilari haqida axborot (jadvallar, mavjud o‘ranlar, tariflar va boshqa)lar 100 dan ortiq mamlakatlardagi obunachilarga jo‘natiladi.
Bundan tashqari “Galilieo” taklif qiladi:
-Har qanday murakkab havo marshrutlari qiymatini (“Global Faree” ma’lumotlar bazasiga qo‘shilgan narxlarni) jahon narx etakchi tizimida bir kunda uch marta yangilanib turadigan milliarddan ko‘p narx pozitsiyasida tanlab avtomatik tarzda qayta hisoblab beradi. «Eng yaxshi narxlar»ni tanlaydi, yanada «yaxshirog‘i» chiqsa avtomatik ravishda bronlaydi, marshrutlar uchun narxni tez hisoblab beradi, bunda bronsiz, “Private Faree” agentligi bilan bog‘lanib, kelishilgan narxlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasidan foydalanadi:
mahalliy «Bilet mahsulotlari» chiqarish uchun keng imkoniyatlar (BSP)$
mahalliy soliqlarni avtomatik tarzda o‘tkazish;
ATV – biletlar va propuskalarni avtomatik yozish;
STP – yo‘l-yo‘lakay xujjatlarni yozish;
ET – elektron biletlar yaratish;
Hujjatlar chiqarish imkoniyati, mijozlarni shaxsiy talablarini to‘liq qondirish (agentliklarga ko‘nikish, alohida ish usuliga odatlanish, xujjatlar shakllarini ochiq tushinib olish, har qanday tildagi so‘rovga javob berish);
doimiy mijozlarga yuksak darajada xizmat ko‘rsatish (“Cliet File” va “Trovel Scoreen” dasturi yordamida axborotlar uzatish yuqori tezligini ta’minlash, shuningdek, mijozlarning qo‘shimcha istaklarini avtomatik eslab qolish va uzatish);
agentliklarning barcha tiplariga yaroqli (bazaviy terminalga qo‘shilish, agentlikda mavjud elektron tizimiga ulanishga egiluvchan yondoshish, olis stansiyalar bilan aloqani ta’minlash, loyihalarni «kaliti bilan» quvvatlash) usullarni texnik hal qilish va ishbilarmonlik vositalari;
doimiy qo‘llab-quvvatlash va joyida o‘qitish (agentlar orqali, boriladigan mamlakat tiliga va tegishli tilga zarur o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek Internet orqali);
turindustriyaning barcha avtomatlashtirish sohalari bo‘yicha bepul maslahatlar (GDS “Galilieo” ga ulanish amaliyotda paydo bo‘ladigan muammolar yoki hamkorlik shartlari o‘zgarishiga taaluqli bo‘lganda).

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin