Turopereyting


-rasm. Marketingning zamonaviy bo‘limi – samarali marketing kompaniyasi



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə66/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125
Turopereyting

11-rasm. Marketingning zamonaviy bo‘limi – samarali marketing kompaniyasi.
5-bosqich. Samarali marketing kompaniyasi. Firma faol marketing bo‘limiga ega bo‘lishi mumkin, ammo bozorda mag‘lubiyatga uchrashi mumkin. Hamma narsa xaridorlar ehtiyojlariga bo‘lgan munosabatga, kompaniyadagi boshqa bo‘limlarning marketing ma’suliyatini o‘z zimmasiga olishiga bog‘liq. Qachonki barcha xodimlar o‘z ishchi o‘rinlari bilan ular, eng avvalo, firma tovarlarini sotib oladiganlarga minnatdor bo‘lishini ongli ravishda tushunsa, faqat shunda samarali marketing to‘g‘risida gapirish mumkin. U yoki bu marketing tashkiliy tarkibining samaradorligi korxona xodimlariga bevosita bog‘liq. Bu erda faqat ularning kasbiy tayyorgarligi emas, balki ma’suliyat me’yori ham hisobga olinadi (11-rasm).
6-bosqich. Jarayonlar va natijalarga asoslangan kompaniya. Ko‘pgina zamonaviy kompaniyalar tashkiliy tarkibni yana o‘zgartirib, uni bo‘limlarga emas, balki asosiy jarayonlarga mos xolda to‘g‘rilaydi. Bo‘limlarga ajratilgan tashkilotni biznesning yangi mahsulotlarni yaratish, xaridorlarni jalb etish va saqlab qolish, buyurtmalarni qayta ishlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatish kabi asosiy vazifalarni bajarish uchun tusiq bo‘ladi deb hisoblaydilar. Bu maqsadlarga erishish uchun kompaniyada marketologlar va savdo bo‘limning faol ishtirok etuvchi mutaxassislar aralash komandasi tashkil qilinmoqda. Ular komanda yoki komandalarga hamda marketing bo‘limining rahbariga buysindilar (12-rasm). Har bitta komanda vaqti-vaqti bilan bo‘limlarga o‘z a’zolari faoliyati to‘g‘risida hisobot berib boradi.
Marketing bo‘limlari xodimlarning o‘qishi, ularni yangi komandalarga tayinlanishi, ular ishini umumiy baholashda javobgar bo‘ladilar.




12-rasm. Jarayonlar va natijalarga asoslangan kompaniya.

Maroketing tamoyillarini turistik korxonada amalga oshirish uchun muvofiq marketing xizmatini yaratish kerak. Turfirmada marketing faoliyatining tashkiliy tarkibi marketing faoliyatining u yoki bu turi bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan iborat bo‘lgan xizmatlar, bo‘limlar va bo‘linmalarning yig‘indisi sifatida aniqlangan bo‘lishi mumkin. Turistik firmaning tashkiliy tarkibida marketing xizmati barcha tarkibiy bo‘linmalarni tartibga keltiruvchi bo‘g‘in bo‘ladi.



Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin