Turopereyting



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə87/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125
Turopereyting

Hayot tarziga nisbatan

Rohat yoqtirganlar dam olish sifatiga juda katta talablar qo‘yadi. Dam olishdan ular rohat olishni istaydilar, ayrim erkinliklardan naf olishga yoki sport bilan shug‘ullanishga harakat qiladilar, aniq yo‘nalishdagi turistlar yuqori talablarga ega bo‘lgan dam oluvchilar, ammo ularga lyuks darajadagi sharoitlar kerak bo‘lmaydi. Ular uchun dam olish – bu o‘zini shaxs sifatida topish va namoyish etish, oilaviy turistlar, batamom dam oluvchilar. Bu guruhni ananaviy usul yordamida o‘z ta’tilni o‘tkazuvchi, nisbatan sust bo‘lgan turistlar tashkil etadi: tinchlikdan rohat ko‘radiganlar, yaxshi va ko‘p ovqat iste’mol qiladiganlar, qisqa muddatli yoki xaftalik yurishlarni amalga oshiruvchilar.

18.2. Turistik mahsulotning xarid jarayoni. Turmahsulot xaridi jarayonida ishtirok etuvchilar
Turistik firmaga murojaat qilgan mijoz: birinchi navbatda, qanday xizmatlarni u xarid qilmoqda, ulardan qanday foydalanishi mumkin hamda firma kafolatlari va mas’uliyatini, o‘z huquqini bilmoqchi bo‘ladi.
Turistik xizmatlar tarkibida asosiy va qo‘shimchalar ajratiladi:
1. Olib yurish (tashish)ni tashkil etish
2. Joylashtirish.
3. Turistlarni ovqatlantirish bo‘yicha xizmatlar.
4. Gid, gid-tarjimonlar xizmatlari
Qo‘shimcha xizmatlarga:
1. Ekskursiyalarni tashkillashtirish xarajatlari
2. Turistlarni sug‘urtalash xarajatlari
3. Sayohat shartlari bilan belgilangan turist turadigan joyidan boshqa mamlakat (uni vaqtinchalik turadigan joyi)ga tashish hamda mamlakat ichidagi boshqa xil tashishlar bo‘yicha xizmatlar.
4. Texnikani ta’mirlash xizmatlari
Mijoz turfirmaga murojaat qilgan paytida «Tur axborotnomasi» bilan tanishtiriladi. U quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerak:
1-bo‘lim. Sayohat yo‘lining kunlar bo‘yicha tavsifi.
2-bo‘lim. Tur sharoitlari tavsifnomasi.
Bu bo‘limda har bir to‘xtash joy sharoitlari, bolali ota-onalar joylashuvi, transport vositalarining tavsifi va qo‘shimcha to‘lovga xarid qilinadigan xizmat ro‘yxati.
3-bo‘lim. Boradigan mamlakatlar to‘g‘risida ma’lumotlar.
Bu bo‘limda mamlakatga kirish va chiqish xususiyatlari, vizalar, sanitariya qoidalari, boj qoidalari, har bir mamlakatning urf-odatlari, do‘konlar, bo‘sh vaqtni o‘tkazish imkoniyatlari, valyuta ayirboshlash, aloqa, telefon, yodgorliklar va boshqa zaruriy ma’lumotlar joylashgan bo‘ladi.
4-bo‘lim. Xavfsizlikni ta’minlash qoidalari.
Bu bo‘limda turfirmalar ro‘yxati, boradigan mamlakatlardagi ijtimoiy tartib holati, o‘zini tutish odobi, sanitariya-gigiena qoidalari, sug‘urtalashdan foydalanish tartibi, iqlim va shaylanish tavsiyalari, narsa, pul va moddiy boyliklarni qaerda va qanday saqlash tartibi, oshxona va ichimliklar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
6-bo‘lim. Ijara xizmatlari.
7-bo‘lim. Valyuta ayirboshlash.
8-bo‘lim. Telefon, aloqa xizmatlari.
9-bo‘lim. Maishiy xarajatlar xizmatlari
10-bo‘lim. Cho‘milish joyidan foydalanish huquqi kiradi.
Bunday bo‘linish shartli bo‘ladi, chunki iste’mol xususiyatlari nuqtai nazaridan ular o‘rtasida muhim farqlar bo‘lmaydi.
Nomoddiy xizmatlardan tashqari, mijozga maxsus tovarlar yoki moddiy tovarlar, masalan, shaharlar rejalari, metro xaritalari, esdaliklar, turistik asbob-anjomlari va h.k. taklif etilishi mumkin. Asosiy va qo‘shimcha xizmatlar majmuyi bu turistga sayohatning maqsadiga binoan taklif etiladigan turistik tur. Turistga sotish uchun mo‘ljallangan turga bo‘lgan mulkiy huquq, turmahsulot, deb ataladi. Turmahsulotni sotish jarayonida turoperator va turagnt kabi turistik korxonalar ishtirok etadi.
Turoperator xilma-xil xizmatlardan — vizani rasmiylashtirish, uchish, transfert, mehmonxona, sug‘urta, ekskursiyalar va boshqalardan qandaydir mahsulot yoki turpaket «yig‘adi», uni bozorga yo‘naltiradi va mijoz yoki turagentlarga sotadi. Turagentlik esa bu turoperator va mijoz o‘rtasidagi vositachi firmasidir.
Har qanday tovarni, shu jumladan, turmahsulotni sotish jarayonida sotish uslubi muhim o‘rin tutadi. Sotish uslubi deganda, turmahsulotni iste’molchilarga bevosita sotish jarayoni bilan bog‘liq barcha asosiy operatsiyalarni amalga oshirish uslublar yig‘indisi tushuniladi. Sotish uslubining tanlanishi mijozlarga xizmat ko‘rsatish texnologik jarayoni darajasi va tarkibini oldindan belgilab beradi, turfirma xodimlari soniga, maydonlar o‘lchamlariga, kommunikatsiya vositalari va axborot texnologiya bilan ta’minlanish darajasiga, sarf-xarajatlar miqdoriga va boshqa ko‘rsatkichlarga jiddiy ta’sir etadi.
Sotish uslublarni xilma-xil belgilar asosida ajratish mumkin:
1. Sotuvchi va xaridor uchrashadigan joyi — turfirma ofisi, ko‘rgazmalar, yarmarkalar.
2. Muloqot tavsifi — shaxsiy, bilvosita shaxsiy muloqot ofis yoki taxminiy xaridorlar bo‘lgan joylarida telefon orqali, radio va teleko‘rsatuvlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Bilvosita muloqot xilma-xil ko‘rinishlarda, masalan, pochta orqali salohiyatli mijozlarga yuboriladigan xatlar, reklama xabarnomalari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
3. Internet orqali elektron sotishlar uslubi. Bu usulning afzalliklari ko‘p:
— axborot berishning cheklanmagan hajmi, turistlarni ommaviy shaklda o‘ziga tobe etish, kechayu kunduz kirish huquqiga ega bo‘lish, joriy yangilanish imkoniyati, interaktiv tartib, ya’ni iste’molchi taklif etadigan xizmatlar ro‘yxatini o‘zi ko‘rib chiqib, darhol turfirmaga elektron xat orqali buyurtma yuborish mumkinligi.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish muhim unsuri munosabatlarni hujjat orqali rasmiylashtirish bo‘ladi.
1998 yil 28 sentyabr—2 oktyabrda Jahon turistik tashkiloti tomonidan Olma-Ota shahrida «Ipak yo‘li» bo‘yicha turoperatorlarning seminarlari o‘tkazildi. Uni Amerika, Osiyo va Yevropa turistik agentlarining vakilliklari ishtirok etdi. Bu tartibda mehmonxona xo‘jaligida so‘nggi yutuqlari, transport ta’minotini takomillashtirish, tur mahsulotning marketing va reklama qilish faoliyati kelajakda tur mahsulotning ishlab chiqarish kabi masalalar ko‘rildi.
Mazkur loyiha Jahon turistik tashkiloti «Ipak yo‘li» bo‘yicha uchinchi xalqaro yig‘ilishida davom etdi. U 1998 yil 2—5 noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Bu erda turistlar qiziqishni kuchaytirish, infrastrukturani takomillashtirish uchun qanday usullar zarur, qaysi konsepsiyalar bo‘yicha turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish kabi muammolar ko‘rib chiqildi.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin