Turopereyting


Tayanch so‘zlar va iboralar



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə91/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125
Turopereyting

Tayanch so‘zlar va iboralar: turistik faoliyat, turistik resurslar, hayot sikli, o‘sish, yetuklik, o‘sish bosqichi, pasayish, muammo, litsenziya, rejalashtirish, istiqbol, imkoniyat, tahdidlar, loyihalashtirish.


Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. Turistik faoliyat nimada namoyon bo‘ladi?
2. Turistik mahsulot tushunchasini izohlang.
3. Turmahsulotning tarkibiy qismlarini ayting.
4. Turmahsulotning hayot sikli bosqichlarini sanab o‘ting.
5. Turmahsulotni tatdiq etish bosqichining mazmunini tushuntiring.
6. O‘sish bosqichining muhimligi nimadan iborat?
7. Yetuklik bosqichining belgilarini aniqlang.


20-MAVZU: TUROPEREYTINGDA NARX YARATISH SIYOSATI
Reja:
20.1. Turmahsulot narxining tarkibiy tuzilishi
20.2. Turistik faoliyat xarajatlari va daromadlari
20.3. Turizmda narx belgilash usullari


20.1. Turmahsulot narxining tarkibiy tuzilishi
Zamonaviy iqtisodiy ta’limot narxni, uni tashkil etuvchi omillar majmuasining o‘zaro ta’siri natijasi, deb ta’riflaydi. Mukammal raqobat, ya’ni ko‘pgina kichik firmalar bozorga kirish va undan chiqishda bir xil ijobiy imkoniyatlardan, barcha axborot turlaridan teng holda foydalangan sharoitda narx bozori o‘rnatiladi.
Muvozanatli narx, bir tomondan, eng yuqori foyda olishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, eng yuqori sarf xarajatlarga teng bo‘ladi. Talab egrisi – turistik xizmatlarga bo‘lgan iste’molchilar talabi, ularning narxi pasayishi bilan o‘sib borishini ifoda etadi. Xizmat yaratuvchilar esa, narxning o‘sishi bilan taklifni ko‘paytirishadi. Egrilarning bir nuqtada uchrashuvi talab va taklifning muvozanatda bo‘lishi taqozo etadi, narx esa, bu muvozanatning ifodasi bo‘ladi.
Turistik mahsulot narxining ikki chegarasi mavjud: quyi va yuqori. Quyi chegarasi, bu – yaratilgan tovari (turistik paket)ning tannarxi, yuqori chegarasi esa, aniq tovar (turistik paket)ga bo‘lgan talab. Demak, turmahsulot narxining miqdori uning qiymati vash u mahsulotga bo‘lgan talab bilan belgilanadi. Bundan tashqari, turmahsulotning narxiga bir qator omillar: xizmat ko‘rsatish darajasi, ishlatiladigan transport vositasi, xizmat qilish shakli (guruhiy yoki yakka holda), turxizmatlar bozorining konyukturasi, xizmatlar taklifining mavsumiyligi, reklama samarasi va hokazolar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Turizm marketingida narxning shakllanishiga muhim ahamiyat berilib, uning jarayoni quyidagi bosqichlar bilan ifoda etiladi (20-rasm).




Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin