Turopereyting


Sotishning ichki kanallari



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə96/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125
Turopereyting

Sotishning ichki kanallari - bu, shu mamlakatning ichida turli turistik xizmatlar sotadigan (shu mamlakat hududida joylashgan mamlakat fiqorasimi yoki xorijliklarmi, ya’ni, kimga sotilishidan qat’iy nazar) filiallar, bo‘linmalar va vositachilik tashkilotlari tizimlaridir.
Sotishning tashqi kanallari - bu o‘z mamlakatida berilgan mamlakatga shartnomaga asosan turistik sayohatlar sotish majburiyatini qabul qilgan xorijiy turistik firma-vositachilarning ma’lum sonidir.
Marketing strategiyasi ham ichki ham tashqi sotish kanallaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. Biroq ularning ahamiyati ishlab chiqariladigan xizmatlar xarakteriga mos ravishda turlicha baholanishi mumkin. Agar turistik tashkilot kompleks xizmat ko‘rsatishga maxsuslashgan bo‘lsa, uning sotish mexanizmi asosan xorijiy vositachilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Turizm biznesi gigantlari «Amerikan Ekspress» yoki «Tomas Kuk» kabi xorijiy davlatlarda o‘z agentliklari yoki vakolatxonalarini ochishlari mumkin. Ammo boshqa mamlakatlarda o‘z sotish kanallarini yaratish juda katta valyuta harajatlari bilan bog‘liq va bunday qaror qabul qilishga faqat yirik firmalargina qodirdirlar. O‘z xizmatlarini xorijda sotish uchun o‘rta darajadagi firmalar uchun mahalliy bozorda yaxshi pozitsiyaga va bunaqa ishlarda katta tajribaga ega bo‘lgan turistik tashkilotlardan foydalanish ko‘p jihatdan foydaliroqdir.
Turoperatorlik firmalarining ko‘p yillik amaliy faoliyatlarida turmahsulotni sotishning turli yo‘llaridan foydalaniladi.
Ular orasida quyidagilarni ajratishimiz mumkin:
xususiy sotishlar byurosini tashkil etish (savdo nuqtalari);
vositachi turagentlik tarmoqlarini tashkil etish;
yirik tashkilot va korxonalar bilan aloqa o‘rnatish;
maxsuslashtirilgan magazinlardan foydalanish;
pochta orqali turlarni sotish.
Umumiy qilib aytiladigan bo‘lsa, turmahsulotni sotishni tashkil qilishning ikki shakli mavjud: xususiy sotishlar byurosini tashkil etish hamda kontragentlik tarmoqlaridan foydalanish.
Ko‘p firmalarda turmahsulot sotish kanallari kombinatsiyalashgan, ya’ni, ham xususiy sotish bo‘linma va tuzilmalari, ham kontragentlik tarmoqlari mavjud.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin