17-mavzu: “Vatanimiz himoyachilari” (14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)
I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy,axloqiy,ma`naviy dunyoqarashini kengaytirish.Ona Vatanga sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlariniqaror toptirishAjdodlaridan faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli,barkamol insonlar etib tarbiyalash.
O`quvchilarning og`zaki nutqini,erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism: O`qituvchi:Har bir insonning kindik qoni to`kilgan muqaddas tuprog`i,o`z yurti,ona Vatani bo`ladi.Shu muqaddas zaminni ko`z qorachig`iday asrash,uning sarhadlarini yovuz kuchlardan qo`riqlash har bir farzandning sharafli burchidir.Shu yurtda kamol topgan,non-tuzini totgan har bir kishi Vatanni astoydil sevishi,uning koriga yarashini oily burch deb bilmog`i lozim.O`zini o`zbek elining bek o`g`liman,deb hisoblagan har bir yigitertaga Vatan shunqoriga aylanishi-shubhasiz.
Zero,Yurtboshimiz Islom Karimov aytganlariday:”Dunyoda Vatan so`zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi Vatan himoyachisi bo`lishdan ortiq shon-sharaf yo`qdir”.
-Bugun Vatan himoyachilari kuni.14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni sifatida mustaqil O`zbekistonimizning barcha go`shalarida,harbiy qismlarda,maktab,oily o`quv yurtlarida bayram qilinadi.
-O`zbekiston Qurolli Kuchlari xavfsizligimiz tayanchi hisoblanadi.U quruqlikdagi qo`shinlar,harbiy havo kuchlari,havo hujumidan mudofaa qo`shinlari,chegara,maxsus va muhandislik qo`shinlari hamda milliy gvardiya,ya`ni saralangan qo`shinlardan iboratdir
Yigitlik burchini ado etishga chog`langan har bir askar ona-Vatanga,xalqiga va Prezidentiga o`g`lonlik va`dasi sifatida sodiqlik to`g`risida Harbiy qasamyod qabul qiladi.Askarning qalbidan otilib chiqayotgan bu so`zlar uning kindik qoni to`kilgan muqaddas tuproq,avlod-ajdodlari hoki yotgan tabarruk zamin,uning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini avaylab-asrash,o`z xalqining tinchligi,sho`x-shodon bolakaylarning beg`ubor damlari,nurli kelajagi uchun ma`suliyatni o`z zimmalariga oladilar.