Tuzuvchi: f f. n. N. R. Ochilova Taqrizchilar: f f. d., prof. S. A. Choriyev



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə21/24
tarix26.01.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#122580
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
7 E(A) MM

Etiket. Axloqiy madaniyat yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlar ko’rinishidan biri, bu-etiket. U ko’proq insonning tashqi madaniyatini, o’zaro munosabatlardagi o’zini tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy yondashsa, ya’ni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, estetik muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo’yilgan hatti- harakatini taqozo etadi.
Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosida qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o’z ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va hokozo. Etiketga roiya qilishning mumtoz namunasini biz tez-tez televizor ekrani orqali ko’rib turamiz. Prezidentimiz Islom Karimovga xorijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarini eslang. Unda faqat bir xil holat, xalqaro miqyosda o’rnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi yo’q. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturxonda tanovul payti, pichoqni o’ng qo’lda ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qat’iy qoidalaridan biri sanaladi- uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg’otadi. Shu bois etiketni odat tusga aylantirilgan, qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin.
Masalan, siz biror yoqqa shoshilib, darvozadan chiqdingiz, deylik. Ro’parangizda tanishingiz yoki qo’shningiz uchraydi. Siz ko’rishib, hol-ahvol so’rashib, so’ng sharqona etiketga rioya qilib uni:” Qani uyga kiramiz, choy qilamiz, bir xangomalashamiz”, deb ichkariga taklif qilasiz. Lekin, aslida siz uning uyga kirishini aslo istamaysiz, vaqtingiz yo’q, hatto, shu uchrashganda ketgan vaqtingizni o’ylab, pitirlab turibsiz. Demak, siz o’z istagingizga qarshi, etiket- mulozamat yuzasidan yolg’on gaplarni aytasiz, xunuk eshitilsa ham na chora- munofiqlik qilasiz. Shunga qaramay, umuman olganda, etiket shaxsni muayyan tartib- qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda bo’lmasin, bosiqlikka, muloyimlikka va sabr-toqatga o’rgatishi bilan ahamiyatlidir.

    1. Kasbiy odob. Axloqiy madaniyat kasbiy odobga ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o’z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo’ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro’y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o’rni yuksak.

    2. Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbstan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Ko’pchilik jamiyat a’zolarining hayot-mamotlari, sog’ligi, ma’naviy sog’lomligi, huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatiningnamoyon bo’lishi kabi omillar o’shanday imtiyozli kasb egalarining o’z kasbiy burch ma’suliyatini qay darajada his etishlariga, hallollik va vijdon yuzasidan ish ko’rishlariga bog’liqligi hammaga ma’lum.

    3. Bir qancha kasbiy odob turlari borki, bular muallimlik odobi, huquq tartibot xodimlari odobi, muhandis odobi ular ham jamiyatda axloqiy munosabatlar silsilasida muhim ahamiyatga ega. Shuni aytish kerakki, barcha kasbiy odob qonun-qoidalarining ta’sir doirasi, miqyosi bir xil emas. Ba’zi bir kasbiy odobning buzilishi oddiy odobsizlik doirasidan chiqib, axloqsizlikka aylanib ketadi. Masalan, rahbarlik odobi haqida qytadigan bo’lsak Rahbar quyi lavozimdagilarga mensimay, qo’pol munosabatda bo’lishi, o’ziga ishonib topshirilgan hudud yoki tashkilotdagi oddiy odamlar arz-dodiga, orzu-istaklariga to’ralarcha qarashi odobsizlikka kirsa, uning shaxsiy boylik orttirishi yulida korrupsiya vositasida mamlakat, viloyat yoki tashkilot manfaatlarini qurbon qilishi axloqsizlik, nafaqat rahbarlik kasbiga, balki Vatanga ham xiyonat tarzida baholanishi mumkin.ba’zan kasbiy odobning kasbiy axloq deb atalishi hamana shu shundan.



    1. 5.4. Shaxs axloqiy tarbiyasi.

    2. Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog’liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo’lib etishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni anglab etadi, o'zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi, axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o’rganadi.

Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri-qanday yashamoq kerak, ikkinchisi –nima qilmog’-u, nima qilmaslik lozim.Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko’rinishidir.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To’g’ri, axloqiy tarbiyaning ahamiyati nihotda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylikbelgilaridan eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat-asosni axloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin bo’lar edi.
Axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka yetkazish yo’llaridan biri. Uning vositalari ko’p. Ularning bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo’lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha bo’lgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an’anaviy tarbiya bilan o’yinchoqlar va o’yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo’llaniladi; bunda bola qizg’anchiqlik, g’irromlik qilmaslikka halol bo’lishga o’yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar axloqiy tarbiyasida televideniye, radio, qo’g’irchoq teatri, kino san’ati katta rol o’ynaydi.
Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi –san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib romangacha bo’lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy shakllanishida ulkan xizmat ko’rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga mo’ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ularni, avval aytganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: “Kalila va Dimna”, “Qobusnoma”, “Guliston”, “Zarbulmasal” singari bunday mumtoz asarlar an’anaviy axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan-qancha avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday bo’lib qolajak.
Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo’lgan yo’li, bu –namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-ona bolaga axloqiy namuna bo’lishi kerak. Maktabda va oliy o’quv yurtida muallimlarning ta’lim berish usullaridan tortib, to “mayda-chuyda” xatti –harakatlarigacha o’z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz-shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi halollik, rostguylik yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini ta’minlovchi omillardandir.
Hozirgi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televideniyani keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko’rsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag’ishlangan muntazam ko’rsatuvlar ham berib boriladi. O’zbek tilidagi “Otalar so’zi- aqlning ko’zi”, “Rivoyat”, “Oqshom ertaklari” singari ko’rsatuvlar bunga misol bo’la oladi. Shu bois televideniye hech qachon yengiltaklikni targ’ib etuvchi qo’shiqlar, salkam pornografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan “o’ldir-o’ldir”lardan iborat videofilmlar korxonasi bo’lib qolmasligi kerak.
Axloqiy tarbiyaning aqliy-ma’naviy va jismoniy tarbiya bilan qo’shib olib borilishi maqsadga muvofiq. O’shanda jamiyatimiz har jihatdan kamol topgan fuqarolik jamiyatiga aylanadi. Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy-ijtimoiy shart-sharoitlar yaratilgan.

Tayanch tushunchalar:




Axloqiy tamoyil, mezon, insonparvarlik, erkparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik, ziyolilik, mehnatsevarlik, tinchparvarlik, halollik, insoflilik, xushfe’llik , shirinsuhanlik, kamtarinlik, bosiqlik, muomala odobi, kasbiy odob, axloqiy tarbiya.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin