Tuzuvchi: f f. n. N. R. Ochilova Taqrizchilar: f f. d., prof. S. A. Choriyev



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə1/24
tarix26.01.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#122580
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
7 E(A) MM





Tuzuvchi: f.f.n. N.R. Ochilova

Taqrizchilar: f.f.d., prof. S.A.Choriyev


k.o’q. S. Ibragimov


Ushbu ma‘ruza matnlari to’plami Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti «Falsafa» kafedrasi yig’ilishi (Bayonnoma № «__» ______ 2010 yil), «Ma‘naviyat va ma‘rifat» kengashi yig’ilishlarida (Bayonnoma № «__» ______ 2010 yil) hamda institut ilmiy uslubiy kengashlarida muhokama qilingan va o’quv jarayonida qo’llanishga tavsiya etilib, nashr qilishga ruxsat berilgan (Bayonnoma № «__» ______ 2010 yil).

A N N O T A TS I YA




Ushbu ma‘ruza matni to’plami barcha bakalavr yo’nalishlarida Etika (axloqshunoslik) fani bo’yicha mavzu matnlarini o’z ichiga olgan.
Ma‘ruza matni asl manbalar, eng yangi adabiyotlar asosida yoritishga harakat qilingan.
Ma‘ruza matnlari to’plami yangi namunaviy dastur hamda O’zbekiston Respublikasi milliy istiqlol g’oyasi talabi asosida tayyorlandi. To’plam Etika (axloqshunoslik) fanidan dars beruvchi o’qituvchilar va o’rganuvchi talabalar uchun mo’ljallangan.
А Н Н О Т А Ц И Я


Настоящий сборник текстов лекции рассчитан для всех направлений бакалавриата и молодых преподавателей, ведущих занятия по этике. Сборник текстов лекций написан на основе новой типовой программы по этике и отвечает всем требованиям идеям национальный независимоти Республики Узбекистана.

A N N O T A T I O N




The collection of lectures is intented for bachelors of all specialists and young teachers who deliver lectures on the subjects of Ethics.
The collection of lectures is written on the base of the new standart programme and according the requirements of the Idea of National Independence of the Republic Uzbekistan.

S O’ Z B O SH I




O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, barcha ijtimoiy fanlar kabi falsafa fanining ham muammolariga munosabat o’zgardi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy- gumanitar fanlarning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni iva ahamiyati ustida alohida to’xtab qo’yidagi fikrlarni aytgan edi: « Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlari, uning qanday bo’lishini ko’rsatab berishdan iborat, deb tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligining, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu bir tabiiy qonuniyat ekanini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg’a siljituvchi kuch, vosita bilmog’I lozim».1
Falsafa ko’p qirrali, umumiy ijtimoiy- ma’naviy bilimlar tizimidir. Falsafa ijtimoiy ongning nazariy shakli sifatida, jamiyatdagi аxloqiy, estetik, mantiqiy va boshqa ijtimoiy gumanitar fanlar bilan jamiyatning bir butun moddiy va ma’naviy hayoti bilan chambarchas borliqdir.
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach barcha ijtimoiy fanlar kabi axloqshunoslik yangi jamiyatda tobora o’z yuksak mavqeini egallab bormoqda. «O’zbekistonning kelajagi, buyukligi avvalo, yosh avlodning ma‘naviy-axloqiy, siyosiy va estetik jihatdan kamol topishi bilan chambarchas bog`liqdir. Bu esa ijtimoiy ong shakllari, shu jumladan, axloqiy - estetik ongni shakllantirish va rivojlantirishni talab etadi».
Etika (axloqshunoslik) hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fan. Faqat zulm va zuravonlikka, adolatsizlik va huquqsizlikka asoslangan totalitar tuzumlardagina u yolg’onga bo’ysundirilgan, soxtalashtirilgan hamda shu yo’l bilan ahamiyati pasaytirilgan.
«Aslini olganda, - deb ta‘kidlaydi Prezident I.A.Karimov, - axloq – ma‘naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchaki salom-alik, xushmuomilalikdangina iborat emas. Axloq – bu, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik degani».
Bu fikrlar, bir tomondan, eski tuzumdan qolgan axloqsizlik, ko’rinishlariga loqayd qarovchilarga va bu fanlarni yengil-elpi, ikkinchi darajali fan sifatida tushunuvchilarga adolatli zarba bo’lsa, ikkinchi tomondan etikaning jiddiy nazariy tadqiqotlarga suyanishi keraqligini ta‘kidlaydi. Zero, hozirgi sharoitda milliy va umuminsoniy etik qadriyatlar hamda qadimiy urf-odatlar, an‘analar mustaqil O’zbekistonda yangi zamon ma‘naviy qadriyatlarini yaratishda asos bo’lib xizmat qilishi talab etadi.
Mazkur Etika (axloqshunoslik) fanidan yozilgan ma‘ruza matnlari oliy ta‘limdagi nofalsafiy bakalavriat tizimi talabalari uchun yangi namunaviy dastur asosida yozilgan hamda talabalarga axloqshunoslik tarixi hamda nazariyasidan zamonaviy bilim berishga, ularni yuksak axloq egasi qilib tarbiyalashni yuksaltirishga yo’naltirilgan.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin