DNKsi sintezida ishtirok etadilar. B2vitamini (riboflavin) eritrotsitlaming lipid tarkibi
hosil b o ‘lish id a qatnashadi. B6 vitamini (piridoksin) gem hosil boMishida
qatnashadi. C vitamini temimi ichakda so‘rilishini osonlashtiradi, foliy kislota
ta’sirini kuchaytiradi. E vitamini (a - tokoferol) va PP vitamini (pantoten kislota)
eritrotsitlar lipid pardasini kuchaytiradi va gemolizga chidamliligini orttiradi.
Eritropoezning me’yorda bo‘lishi uchun mikroelementlar ham zarur. Mis temimi
ichakda so ‘rilishiga yordam beradi va uni gem tarkibiga kirishini osonlashtiradi.
Nikel va kobalthr gemoglobin va gem ushlovchi molekulalar sintezini kuchaytiradi.
Organizmdagi sinknlng 75% eritrotsitlarda karboangidaza fermenti tarkibida bo‘ladi,
sinkningyetishmasligi leykopeniyani keltirib chiqaradi.
Eritropoetinlar - eritropoe zning fiziologik boshqaruvchisi hisoblanadi.Eritropoetinlar asosan buyrakda, qisman taloqda hosil bo‘ladi va sog'lom odam qonida doimo oz miqdorda bo‘ladi. Eritropoetinlar eritrotsitlar o ‘tmishdoshlarining proliferatsiyasini kuchaytiradi va gemoglobin sintezini tezlashtiradi. Ular gem va
gemoglobinlar sintezida qatnashuvchi enzimlar hosil bo‘lishida ishtirok etadigan informatsion RNK sintezini kuchaytiradi.