60
5-bob. Qurilish konstruksiyalarini sinashda yemirmaydigan
usullar
5.1. Materiallarning fizik-mexanik xossalarini aniqlash
Qurilish
materiallari, buyumlari, konstruksiyalari, binobarin,
bino va
inshootlarning ishonchliligi va umrboqiyligini sezilarli darajada oshirish
masalasi, qurilish ishlarini barcha bosqichlarda takomillashtirish va sifat
nazoratini yuksaltirgan holdagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Qurilish
obyektlarining yuqori sifat mezonlari fizik,
geometrik va funksional
ko'rsatkichlardan tashkil topadi. Qurilish materiallarining fizik-mexanik
xossalari va tuzilishi, konstruksiyalarning geometrik o'lchamlari, qurilish
konstruksiyalari va elementlarini montaj
qilish aniqligi ana shular
jumlasidandir.
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari sifatini nazorat
qilish asosan ikki yo'nalishda olib boriladi. Ulardan biriga ko'ra
tekshirilayotgan obyektning chegaraviy holatini aniqlash uchun obyekt ishdan
chiqqunga qadar yuklanadi. Bu usul namuna va modellarni sinashda yaxshi
natija beradi. Real obyektlarning yuk ko'tarish bo'yicha chegaraviy holatini
aniqlash uchun ularni buzilgunga qadar sinash iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiq emas.
Konstruksiya va uning elementlarini buzmasdan (yemirmasdan) sinash
usullari keyingi davrlarda jadal rivojlanib boryapti.
Bu usul obyektning yuk
ko'tarish qobiliyatiga zarar yetkazmagan holda uning haqiqiy holatini aniqlash
imkonini beradi. Yemirmaydigan (неразрушающий) usullar yordamida
konstruksiya va uning elementlaridagi betonning namligi, zichligi,
mustahkamligi,
shuningdek, konstruksiyadagi mavjud nuqsonlarni aniqlash
mumkin.
Yemirmaydigan sinash usullari, ko'p hollarda,
obyekt xossalarini
bilvosita aniqlash uslubiyatiga asoslanadi. Shunga ko'ra yemirmaydigan sinash
usulini uning ko'rinishlariga qarab turlarga ajratsa bo'ladi:
- siziluvchi muhit usuli suyuqlik yoki gazlarni obyektga singish (sizib
o'tish) miqdorini o'lchashga asoslanadi;
- mexanikaviy sinovlar shu joydagi (местный) yemirilishlar tahlili hamda
obyektning rezonans holatini o'rganish bilan bog'liq;
- sinovlarning akustikaviy usullari ultratovush ta'sirida uyg'onadigan elastic
tebranishlar parametrlarini aniqlash bilan bog'liq;
- magnitaviy usullar;
- radiatsion usullar neytron, radioizotop va tormozli nurlanishlarni qo'llash
bilan bog'liq;
61
- issiqlik usullari issiqlik maydonini o'rganish bilan bog'liq;
- radioto'lqin usullari yuqori chastotali tebranishlarni tekshirilayotgan
obyektda tarqalishi bilan bog'liq;
- elektrga oid usullar tekshirilayotgan obyektning elektr sig'imi, elektr
induktivligi va elektr qarshiligiga baho berish bilan bog'liq.
Inshootlarni sinashda yemiradigan va yemirmaygan usullarning
imkoniyatlariga baho berilar ekan, yemiradigan (buzilish holatiga kelguncha
sinaladigan) usullar faqat modellarni va yangi konstruksiyalarning tajribaviy
namunalarini, shuningdek, zavodlarda tayyorlanadigan buyumlarni tanlama
nazoratini o'tkazish kabi hollardagina qo'llanilishini e'tiborga
olish lozim
bo'ladi. Sinash ishlarini amalga oshirishda, agar obyekt buzilgunga qadar
sinaladigan bo'lsa, ularning iqtisodiy samaradorligiga aniq baho berish talab
etiladi. Taklif etilayotgan yechimning iqtisodiy samaradorligi loyiha
bosqichida aniqlanadi, yangi konstruksiyani amaliyotga tatbiq etishdan
olinadigan foyda hisoblab chiqiladi. Keyin taj'riba sinovlari rejasi tuziladi,
rejada
ishning hajmi, bahosi va tajriba ishlarining texnik-iqtisodiy
samaradorligi ko'rsatiladi. Tajriba o'tkazish uchun qilinadigan sarf-xarajatlar
yangi konstruksiyani amalda qo'llash orqali olinadigan yalpi foydadan ancha
kam bo'lishi kerak.
Sinovlarning yemirmaydigan usullari tekshirilayotgan obyektlarning
normal ishlab turishiga xalal bermaydi. Bu usullar konstruksiyalarning
haqiqiy holatini loyihada qabul qilingan kuchlanish holatiga qay darajada
mos kelishini aniqlash, shuningdek, ekspluatatsion resurslarni prognoz qilish
imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: