6
Ibn Sino fors tilida yozgan “Donishnoma” (“Bilim kitobi”) asarida og’ir
yuklarni ko’taradigan va qo’zg’atadigan asboblar haqida atroflicha
ma’lumot beradi.
Yusuf Xos Hojibning turkiy tilda 1069 yili yozilgan "Qutadg`u bilig"
asarida o`lchov va o`lchash birliklarinigina emas, balki o`lchash va iyor
ishlariga tegishli bilimlarni ham mukammal bilishga da'vat etilgan. Bu
iboradagi "iyor ishi" atamasi metall sofligini sinash,
bozordagi tosh va
tarozilarning to`g`riligini, muomaladagi oltin va kumush pullarning sofligi
va og`irligini kuzatib turish kabi ishlarni bajarish ma'nolarini bildiradi.
O`lchashlar
nazariyasini
rivojlantirish
va
takomillashtirishda
Ulug`bekning hissasini alohida ta'kidlash lozim. Mashhur olim usturlob
yasashning o`zgacha usulini tavsiya etgan. Uning astronomik kuzatuvlari
va o`lchashlari natijasida tavsiya etgan ma'lumotlari hozirgi zamonaviy va
murakkab qurilmalar asosida olingan ma'lumotlardan juda ham kam farq
qilishi, ba'zi hollarda esa umuman farq qilmasligi hanuzgacha olimlarni va
mutaxassislarni hayratga solib kelmoqda.
Metrologiya va o`lchashlar nazariyasining
rivojlanishida Yevropa
olimlarining ham hissalari kattadir. Gallileo Galiley, Nikolay Kopernik,
Isaak Nyuton, Paskal, Dmitriy Mendeleyevlarni metrologiyaning fan
sifatida shakllanishidagi xizmatlari juda salmoqli.
Elektr hodisalarini o`rganish, elektr o`lchash asboblarining paydo
bo`lishiga sabab bo`ldi. 1745 yilda akad. G.V. Rixman birinchi bo`lib
elektr o`lchash asbobini yaratdi. "Elektr kuchi ko`rsatkichi"- deb noto`g`ri
nomlangan bu asbob aslida potensiallar farqini o`lchovchi elektrometr edi.
XVIII asrning oxirida A. Volta va L.Galvani
tomonidan elektr toki
ixtiro etilgandan keyin uni o`lchash va o`lchash asboblarini yaratish
masalasini yechishga to`g`ri keldi.
1820 yilda A. Amper birinchi bo`lib magnit miliga o`tkazgichdagi tok
ta'sirini ko`rsatuvchi- galvanometrni namoyish etdi.
Daniyalik olim X. Ersted elektr tokining magnit ta'sirini ixtiro etdi.
Undan foydalangan nemis fizigi G. Om, 1826 yili magnit milining
o`zgarishi o`tkazgichdan o`tayotgan tokka bog`liqligini, ya'ni o`tkazgich
atrofidagi magnit maydoni ta'sirida bo`lgan magnit milini ma'lum
burchakka burilishi o`tkazgich materialiga bog`liqligini tekshirdi. Shu
tamoyilga asoslangan asbobni yasab, Om o`z qonunini yaratdi.
1892 yilda D.I. Mendeleyevning tashabbusi bilan Rossiyada "Og`irlik
va o`lchovlar palatasi" tashkil etilib, mashhur olim uning birinchi rahbari
sifatida metrologik xizmatni shakllantirishda
ahamiyatga molik ishlarni
amalga oshirdi.