65
Gap qurilish konstruksiyalaridagi nuqsonlar (дефект)ni ultratovush orqali
aniqlash haqida borar ekan, impuls — usul haqida ham to'xtalib o'tishni
joiz topdik. Katta o'lchamlik yirik konstruksiyalarni sinashda to'lqinlar
qarshilikni muhitda so'nib borishi tufayli ultratovush usuli yaxshi samara
bermaydi. Agar to’lqin uzunligi kattaroq bo'lgan tovushlardan foydalanilsa
ma’lum natijaga erishish mumkin. Impuls usulida konstruksiyaga mexanik
zarba beriladi va materialda hosil bo'lgan kuchlanish t o 'l q i n l a r i n i n g
tarqalish qonuniyati tekshiriladi va shu asosda
materialning f i z i k -
m e x a n i k xarakteristikalariga doir kerakli ma'lu-motlar olinadi.
10-rasm. Materiallarni akustik yoki impuls usulida nazorat qiladigan asboblar:
a) beton, g'isht va boshqa materiallarning sifatini nazorat loplast va boshqa qiladigan UKB —
1M asbobi; b) «Kvars — 6» qalinlik materiallarining о'Ichagichi.
UKB — 1M ultratovush asbobi, 11-rasm,
b da metall buyumlarning
qalinligini o'lchaydigan «Kvarts — 6» rusumli ultratovush impuls
tolshchinomeri (qalinlik o'lchagichi) berilgan.
Bu asboblarning vazifasi
konstruksiya materialining fizik-mexanik xossalari (mustahkamligi, statik
va dinamik elastiklik modullari)ni,
choklar sifatini, konstruksiyaning
geometrik o'lchamlarini nazorat qilishdan iborat.
Usulning mohiyati tarqalayotgan ultratovush to'lqinlarining
tezligini
aniqlash va izlanayotgan parametrlarni tarirovka grafiklari yoki etalon
namunalar bilan solishtirish orqali topishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: