74
yo`nalishi hamda bosh kuchlanishlar qiymatlarini aniqlash mumkin.
To’rtinchi tenzorezistor hisoblangan qiymatlarini tekshirish va tuzatish
uchun zarur bo`ladi. Shuni qayd etish lozimki, kuchlanishlarni
hisoblashdagi aniqlik dajarasi ko`p jihatdan elastiklik
moduli va Puasson
koeffitsiyenlarini qay yo`sinda aniqlanganligiga bog`liq.
15-rasm. To`liq kuchlanishlarni aniqlash uchun yukni olish usuli:
1-хalqa o’yiq; 2- tenzorezistorlar; 3-betonning tekshirilayotgan qismi.
Agar
spravochniklarda
berilgan
qiymatlardan
foydalanilsa,
kuchlanishning topilgan qiymati taqribiy bo`ladi. O`yib olingan
namunalarni sinash orqali topilgan elastik doimiy hisobda juda yaxshi
natijalar beradi.
Betonning sirtga yaqin qatlamlaridagi siqilish kuchlanishlarini
aniqlashda
kompensatsion
usuldan
foydalaniladi
(16-rasm).
Kuchlanishlarni kompensatsion usulda aniqlashda tekshirilayotgan sirt (3)
ga siquvchi bosh kuchlanishlar yo`nalishida tenzorezistorlar (1)
yopishtiriladi
va ularni asboblarga ulab, boshlang’ich o`lchov sanoqlari
olinadi. Keyin 100 mm chuqurlikda cho`ntak (2) o`yiladi. Cho’ntakka
to`g`ri to`rtburchak shakliga ega bo`lgan kompensator (17-rasm) joylanadi.
Kompensator yon devorlari bikir, tubi va qopqog`i egiluvchan
membranalardan tashkil topgan metall qutichadan iborat. Kompensator yon
atrofi sement qorishma bilan qoplanadi. Qorishma qotgach, kompensatorga
bosim ostida moy haydaladi. Moyning bosimi manometr (2) orqali nazorat
qilinadi. Bosim tenzorezistorlar orqali o`lchangan dastlabki ko’rsatkichga
yetgunga qadar ko`tarib boriladi. Bosimning ana shu qiymati 15-20 %
xatolik bilan o`sha yerdagi kuchlanishning
qiymati bilan barobar deb
hisoblanadi. Usulning asosiy afzalligi shundan iboratki, bunda
sinalayotgan inshoot materialining elastiklik modulini aniqlashga ehtiyoj
bo`lmaydi.
To`liq
kuchlanishlarni aniqlashning ko`rib o’tilgan
usullari
elementning bir qismini o`yish-buzish bilan bog`liq. Agar bu nuqson
(defekt)lar elementning ekspluatatsion sifatlariga salbiy ta'sir ko’rsatadigan
bo`lsa yoki bu nuqsonlar keyinchalik kattalashib, inshootga xavf soladigan
75
16-rasm.Betondagi to`liq kuchlanishlarni 17-rasm. Konpensator.
kompensatsion usulda aniqlash.
bo`lsa, yemirmaydigan usullardan foydalanishga to’g’ri keladi. Qattiq
jismlarda ultratovush to’lqinlarining tarqalish qonuniyatlariga asoslangan
akustik usul bunday hollarda eng maqbul usullardan sanaladi. Bosh
kuchlanishlarni ultratovush usuli bilan aniqlashda
materialning elastik
doimiylari ham ultratovush sinovlari orqali aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: