77
Tajribadan olingan ma'lumotlar asosida amalga oshirilgan hisoblarning
uzil-kesil natijalari boshlang'ich hisob modeliga tayanch momentlarining
koeffitsiyentlari ko'rnishida kiritilishi mumkin. Ushbu koeffitsiyentlar
tayanch momentlarining haqiqiy qiymati hisobiy qiymatlardan necha
marotaba kam ekanligini ko'rsatib turadi. Shuni qayd etish lozimki, bikir
tayanchning muloyimlik darajasi (податливость), demak koeffitsiyentning
qiymati umuman yuklanish miqdoriga bog'liq. Yuklanish kamroq bo'lsa,
tayanch muloyimroq bo'ladi. Buning teskarisi ham bo'lishi mumkin, ya'ni
tayanchda yuz beradigan plastik deformatsiyalar tufayli tayanchning
bikirligi kamayishi mumkin, Tayanchlarda plastik sharnirlar hosil bo'lish
holati bu yerda ko'rib o'tilmaydi, chunki qo'yilgan masala elastik bosqich
chegarasida yechiladi. Shunday qilib, tayanch momentlari koeffitsiyentlarini
to'g'ri belgilash uchun tajribalarni yig'iq kuchning turli qiymatlari asnosida
qayta-qayta o'tkazishga to'g'ri keladi.
Ko'pincha tekshirilayotgan konstruksiyalarning yuk ko'taruvchi
elementlari murakkab kuchlanish holatida ishlaydi. Bunday hollarda hisob
modelini oydinlashtirish maqsadida tenzorozetkalar yordamida aniqlangan
deformatsiya ma'lumotlaridan foydalaniladi. 16-rasmda to'g'ri burchakli
tenzorozetka tasvirlangan. Agar sinov jarayonida uch yo'nalish bo'yicha
Ε
0
,
Ε
45
,
Ε
90
deformatsiyalari aniqlangan bo'lsa, u holda elastiklik
nazariyasi formulalaridan foydalanib eksperimental bosh kuchlanishlar σ
max(min) va bosh maydonchalarning normali yo'nalishi
α
ni aniqlash
qiyin emas.
Dostları ilə paylaş: