U. J. Turgunbayev, A. M. Karabayev metrologiya, standartlashtirish



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/28
tarix13.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#140483
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
metrologiyastandartlashtirish va sifat nazorati

tadbirlar ro`yxatini
ham taqdim qiladi. Ularga quyidagilar 
kiradi: 
-
yangi texnik hujjatlarni ishlab chiqish; 
-
yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki amaldagini qayta tiklash; 
-
loyihalashtirish, uskunalarni va to`plovchi detallarni tayyorlash va 
yetkazib berish; 
-
yangi texnologik jarayonlarni, o`lchash va sinash texnikalarini ishlab 
chiqish. 
Korxonalarga standartlarni joriy qilish
katta tayyorlov ishini talab qiladi. 
Agar o`rnatilgan muddatga tayyorlangan texnik hujjatlar standart talablariga 
mos kelsa, standart joriy qilingan hisoblanadi, mahsulotlar esa ushbu 
hujjatlarga qat`iy mos ravishda ishlab chiqariladi. Agar korxonada kiritilgan 
mahsulotlar o`rnatilgan muddatda ishlab chiqarilmasa yoki standart 
talablarini va ko`rsatkichlarini buzgan holda ishlab chiqarilsa, shuningdek 
sifatning doimiyligi buzilsa standart joriy qilindi deb hisoblanadi.
Standartni joriy qilinmasligining asosiy sabablariga quyidagilar kiradi: 
1.
Tashkiliy-texnik tadbirlarning bajarilmasligi. 
2.
Texnik hujjatlar va namunalar (etalonlar) holatining qoniqarsizligi. 
3.
Asbob-uskunalar va texnologik jihozlanish holatining qoniqarsizligi. 
4.
O`lchash va sinash texnikalari xolatining qoniqarsizligi. 
5.
Xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va to`plovchi buyumlar 
xolatining qoniqarsizligi. 


29 
6.
Mahsulotning 
markalanishi, 
idishlarga 
joylashishi, 
tashish 
va 
saqlanishining standart emasligi.
Yuqorida keltirilgan asosiy sabablar o`z navbatida bir qator ya`ni, davlat, 
idora va ishlab chiqarish nazorati jarayonida aniqlangan va sinchiklab tahlil 
qilingan boshlang`ich sabablar bilan shartlab qo`yilgan.
Takrorlash uchun savollar: 
1.
Yuqori 
tezlikda 
harakatlanuvchi 
poyezdning 
umumiy 
xususiyatlarini keltiring. 
2.
Standartlashtirishda qanday me'yoriy hujjat turlari mavjud? 
3.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlariga nimalar kiradi? 
4.
Unifikatsiya nima va u nimalarga bo`linadi? 
5.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning maqsad va 
vazifalari. 
6.
Ob’yekt, jarayon, uslubiyat, mahsulot va xizmat atamalariga ta’rif 
bering. 
7.
Sifatga oid atamalarga ta’rif bering. 
8.
Mahsulotlarning hayot sikli nimalardan iborat? 
9.
Standartni ishlab chiqish va tasdiqlash tartib qoidalari qanday? 
10. Standartlashtirishning samaradorligi nimalardan iborat? 
11.
 
Korxonalarga standartlarni joriy qilish nimalarni o’z ichiga oladi?

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin