U. J. Turgunbayev, A. M. Karabayev metrologiya, standartlashtirish


  3-bob. Qurilishda sertifikat va sertifikatlashtirish. Shtrix-kodlash



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/28
tarix13.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#140483
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
metrologiyastandartlashtirish va sifat nazorati

 


30 
3-bob. Qurilishda sertifikat va sertifikatlashtirish. Shtrix-kodlash 
tizimi 
3.1. "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida"gi 
qonunning mazmuni 
O`zbekiston 
Respublikasining 
"Mahsulotlar 
va 
xizmatlarni 
sertifikatlashtirish to`grisida"gi qonuni 1993 yilning 28 dekabridan kuchga 
kiritilgan. Mazkur qonun O`zbekiston Respublikasining mahsulotlar, 
xizmatlar va boshqa ob’yektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy 
va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining 
huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini belgilab beradi. 
Bu qonun 4 bob, 23 moddadan iborat. 
1-bob. Umumiy qoidalar. 
2-bob. Sertifikatlashtirish faoliyatiga doir umumiy talablar. 
3- bob. Mahsulotlarni majburiy va iqtisodiy sertifikatlashtirish. 
4- bob. Nizolarni qarab chiqish, sertifikatlashtirish to`g`risidagi qonun 
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. 
Mazkur qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda: 
"sertifikatlashtirish milliy tizimi" – davlat miqyosida amal qiladigan, 
sertifikatlashtirish o`tkazishda o`z tartib va boshqaruv qoidalariga ega 
bo`lgan tizim; 
"Mahsulotlarni sertifikatlashtirish – mahsulotlarning belgilangan 
talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat; 
"Muvofiqlik sertifikati" – sertifikatlangan mahsulotning belgilangan 
talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi 
qoidalariga binoan berilgan hujjat; 
"Muvofiqlik belgisi" – muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq 
standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko`rsatish uchun 
mahsulotga yoxud ko`rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo`yiladigan, 
belgilangan tartibda ro`yxatga olingan belgi; 
"bir turdagi mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish 
tizimi" – ayni bir xil standartlar va qoidalar qo`llaniladigan muayyan 
mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi; 
"Sinov 
laboratoriyasini 
akkreditatsiya 
qilish" 
– 
sinov 
laboratoriyasining (markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki 
muayyan sinov turini amalga oshirishga doir va holatlarining rasmiy 
e'tirofi. 
"Sifat bo`yicha ekspert-auditor" – qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va 


31 
tekshirish sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakasi bo`lgan 
mutaxassis; 
"Sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organi" – belgilangan tartibda 
akkreditatsiya qilingan, sertifikatlangan mahsulot va sifatni boshqarish 
tizimini baholashni sertifikatlashtirish organlari topshirig`iga binoan 
amalga oshiruvchi organ; 
"Nazorat yo`sinidagi tekshiruv" – belgilangan talablarga muvofiqligini 
sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish chog`ida tasdiqlash maqsadida 
sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimini yoki ishlab 
chiqarishni, 
sertifikatlashtirish 
organlari, 
sinov 
laboratoriyalari 
(markazlari) faoliyatini takroriy baholash tamoyili. 
Sertifikatlashtirish: 
-odamlarning hayoti, sog`ligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-
mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo`lgan mahsulotlar realizatsiya 
qilinishini nazorat etib borish; 
-mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta'minlash; 
-mamlakat korxonalari, qo`shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro 
miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-
sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
-iste'molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan 
himoya qilish; 
-mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta'kidlagan sifat 
ko`rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. 
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo`ladi. 
Mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangani 
taqdirda 
sertifikatlashtirish 
organi 
muvofiqlik 
sertifikati 
beradi, 
tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish 
huquqiga ega bo`ladi. 
Sertifikatlashtirilishi 
shart 
bo`lgan 
mahsulotlarning 
ro`yxatini 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. 
Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot 
xususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni 
sinashni, nazorat yo`sinidagi tekshiruvni va sertifikatlangan mahsulot 
ustidan nazoratni o`z ichiga oladi. 
Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) 
tomonidan tegishli normativ hujjatlarda belgilangan usullarda, bunday 
hujjatlar bo`lmagan taqdirda esa tegishli sertifikatlashtirish organlari ishlab 
chiqqan usullarda amalga oshiriladi. 
Arizachi o`z mahsulotini majburiy sertifikatlashtirishdan o`tkazishga 
sarflagan mablag`lar summasi shu mahsulot tannarxiga qo`shiladi. 


32 
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo`lgan, ammo muvofiqlik 
sertifikatiga ega bo`lmagan mahsulotni targ`ib qilish man etiladi. 
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo`lgan mahsulotlar quyidagi 
hollarda: 
-sertifikatlashtirishga taqdim etilmagan bo`lsa; 
-sertifikatlashtirish 
talablariga 
muvofiq 
emasligi 
sababli 
sertifikatlashtirishdan o`tmagan bo`lsa; 
-agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal 
qilishi to`xtatib qo`yilgan (bekor qilingan) bo`lsa, O`zbekiston 
Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi mumkin emas. 
Chetdan 
olib 
kelinayotgan 
mahsulotning 
xavfsiz 
ekanligini 
tasdiqlovchi hujjati bo`lmagan taqdirda bojxona nazorati organlari bu 
xususda "O`zstandart" agentligini xabardor etadilar hamda mahsulotni 
sertifikatlashtirishdan o`tkazish yoki chet el sertifikatini e'tirof etish 
to`g`risidagi masala sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq 
hal etilgunga qadar bu mahsulotni chetdan olib kirishni ta’qiqlab 
qo`yadilar. 
Sertifikatlashtirish organi: 
-muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof tarzda berganlik 
uchun; 
-arizachiga nisbatan qonunga xilof hatti-harakatlar qilganlik uchun; 
-arizachining tijorat siri hisoblangan ma'lumotlarni oshkor etganlik 
uchun javobgar bo`ladi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin