55
-faol harakatga keltirish va rag’batlantirish;
-nazorat, hisob- kitob va tahlil qilish.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi boshqarish jarayonlari 2
guruhga bo`linadi:
- ishlab chiqarish tizimini deyarli yuqori darajaga o`tkazuvchi
(mahsulotning deyarli yuqori texnikaviy darajasini va sifatini yaratish va
o`zlashtirishni ta'minlovchi);
- ishlab chiqarish tizimidagi turqg`unlikni ushlab turish va
o`zlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishini rejalashtiruvchi sifat
darajasida ta'minlash.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni boshqarishning umumiy
nazariyasiga binoan quyidagi ishlardan tashkil topadi:
- boshqarish rejasini ishlab chiqish;
- mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish;
- mahsulot sifatiga ta'sir etuvchi har qanday ob’yekt (buyum,
jarayon)ning holati haqida axborotlar olish va tahlil qilish;
-sifatni boshqarish bo`yicha qaror qabul qilish va ob’yektga ta'sir etish
usulini tayyorlash;
-ta'sir etadigan, boshqaruvchi ko`rsatmalar berish;
-ta'sir
etadigan,
boshqaruvchi
ko`rsatmalar
berish
natijasida
ob’yektdagi sifatning o`zgarishi haqidagi axborotni olish va tahlil qilish.
Dastavval, bunday axborot yuqorida aytilganidek, marketing, sotuv
bozorini aniqlash va uni o`rganish bo`limining xodimlari tomonidan
olinadi. Bunda shu mahsulotga nisbatan bozordagi ehtiyoj va xalqning shu
mahsulotga munosabati inobatga olinadi. Bunday ma'lumotlar esa shu
sohadagi ilmiy-tadqiqot va loyihalash-konstruktorlik
ishlarini oldindan
aytib berish hamda ishlab chiqarish hajmini va mahsulotning sifat
darajasini rejalashtirish uchun asos bo`ladi.
Mahsulotni ishlab chiqarish uchun shunga o`xshash buyumlarning
sifatini hamda ularni ishlab chiqarish usullari ishlatilishi va ta'mirlanishini
tavsiflovchi axborot kerak.
Bu ma'lumotlar qaror qabul qilish uchun asos hisoblanib, qaror qabul
qilishi natijasida boshqaruvchi idoraga o`zining muayyan boshqaruvchilik
ta'sirini o`tkazadi. Bu ta'sir mahsulotning har qanday bosqichiga- ishlab
chiqishga, ishlatilishiga ta’lluqlidir.
Katta
korxonalarda
mahsulot
sifatini
boshqarish
sohasiida
avtomatlashtirilgan tizimlar yaratilgan. EHM yordamida mehnat va
mahsulot sifati haqidagi ma'lumotlarga hamda me'yoriy
hujjatlarga
nisbatan hisob kitobiga, mahsulot ishlab chiqarishdagi yaroqsizlikni hisob-
56
kitobiga va tahliliga, mahsulotni ishlatilishidagi va boshqa bosqichlardagi
uni sifat tahliliga ishlov beradi.
Hamma boshqaruvchi tizimlarga umumiylik belgilari bo`lib – sifat
darajasiga topshiriq; bu topshiriqni yaratish va uni amalga oshirish; vaqti-
vaqti bilan sifat holatini rejalashtirilganiga nisbatan bajralishini qiyoslash;
har qanday og`ishlar bo`lgan taqdirda o`zgartirishlar kirgazish hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan bog`liq
bo`lsa, turli xil muammolar paydo bo`ladi. Bu va shunga o`xshash
muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda mahsulot sifatini boshqarish
tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi vazifani bajaradi.
Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirish
faoliyatining roli
kattadir, chunki har qanday texnologik jarayonlarni bir me'yorda ishlashi,
ularni har bir bosqichida me'yoriy hujjatlarning bajralishiga qanchalik
rioya qilinishi, jamoaning mehnat va texnologik intizomi hal qiluvchi rol
o`ynaydi.
Vazifa sifatli mahsulot ishlab chiqarish, uni sifatini turg`unlashtirish,
yangiliklarni
tinmay joriy qilish, yangi bozorlarni izlab topish va uni
o`rganish- bularning hammasi mahsulotni dunyo bozoriga olib chiqishga,
uni raqobatbardoshlilik qobiliyatini oshirishga va korxonaning iqtisodiy
faoliyatini yaxshilashga imkon beradi, demak korxona o`z navbatida sifatli
mahsulot ishlab chiqarishga kafolat oladi.
Dostları ilə paylaş: