76
Binoning fazoviy karkasi binoning umumiy bikirligini ta'minlash bilan
bir qatorda konstruksiyaning yuk ko'taruvchi elementlaridagi zo'riqishlarni
qayta taqsimlanishiga ham ta'sir etadi.
O'tkazilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, sex konstruksiyasining fazoviy
ishi tufayli eguvchi momentlarning qiymati 60% ga qadar kamayishi
mumkin ekan. O'z navbatida ko'chishlar ham tekis rama sxemasi bo'yicha
topilgan ko'chishlarga nisbatan ancha kam bo'lar ekan.
18-rasm. Hisoblash sxemasini oydinlashtirishga doir sxema.
18-rasm, a) da murakkab fazoviy konstruksiyadan ajratib olingan
egiluvchan element (2) ning hisoblash modelini oydinlashtirish uchun
o’tkaziladigan tajriba sinovining sxemasi berilgan.
Loyiha amaliyotida bu
kabi alohida elementning mustaqil hisobi ko'plab uchraydi. Hisobdagi
noaniqliklar ideallashtirilgan tayanch shartlaridan (bikir yoki sharnirli
tayanchlar) kelib chiqadi. Amalda bikir mahkamlangan tayanchlar ma'lum
darajada qayishqoq bo’ladi, xuddi shuningdek, sharnirli tayanchlarda
bikirlik alomatlari mavjud bo'ladi. Egilishdagi bikirlik
El
(egilish modulini
element uzunligiga ko’paytmasi) element uzunligining oxirigacha, ayniqsa
nuqsonli elementlarda, bir xil bo'lmaydi.
Ana shu sabablarga ko'ra haqiqiy eguvchi
moment bilan hisobiy
moment orasida katta tafovut paydo bo'ladi.
Hisoblash modelini oydinlashtirish (aniqlashtirish) maqsadida ajratilgan
elementning o'rtasiga yig'iq kuch qo'yamiz. Tajriba jarayonida shu kuch
ta’sirida kamida uch nuqtada hosil bo'lgan ko'chish va og'ish burchaklarini
aniqlaymiz. Tayanch va oraliq kesimlaridagi deformatsiyalar haqida
ma’lumotlar olinsa yanada yaxshi bo'ladi. Kalta bikir to'sinlarda
tayanchlarning cho'kishini aniqlash tavsiya etiladi. Kerakli ma'lumotlarni
olish uchun to'sinning o'rtasiga, ya'ni eng katta solqilik vujudga keladigan
nuqtaga solqilik o'lchagich (progibomer) (3), ikki tayanch oldiga ikkita
klinometr (1) o'rnatiladi.
Tajriba yo'li bilan topilgan solqilik f, og'ish burchaklariga asoslanib
(18-rasm, b) uchta noma'lum (M
A
, M
B
, E
L
) ni aniqlash uchun tenglamalar
sistemasini yechish lozim bo'ladi:
77
Tajribadan olingan ma'lumotlar asosida amalga
oshirilgan hisoblarning
uzil-kesil natijalari boshlang'ich hisob modeliga tayanch momentlarining
koeffitsiyentlari ko'rnishida kiritilishi mumkin. Ushbu koeffitsiyentlar
tayanch momentlarining haqiqiy qiymati hisobiy qiymatlardan necha
marotaba kam ekanligini ko'rsatib turadi. Shuni qayd etish lozimki, bikir
tayanchning muloyimlik darajasi (податливость),
demak koeffitsiyentning
qiymati umuman yuklanish miqdoriga bog'liq. Yuklanish kamroq bo'lsa,
tayanch muloyimroq bo'ladi. Buning teskarisi ham bo'lishi mumkin, ya'ni
tayanchda yuz beradigan plastik deformatsiyalar tufayli tayanchning
bikirligi kamayishi mumkin, Tayanchlarda plastik sharnirlar hosil bo'lish
holati bu yerda ko'rib o'tilmaydi, chunki qo'yilgan masala elastik bosqich
chegarasida yechiladi. Shunday qilib, tayanch momentlari koeffitsiyentlarini
to'g'ri belgilash uchun tajribalarni yig'iq kuchning turli qiymatlari asnosida
qayta-qayta o'tkazishga to'g'ri keladi.
Ko'pincha tekshirilayotgan konstruksiyalarning yuk ko'taruvchi
elementlari murakkab kuchlanish holatida ishlaydi.
Bunday hollarda hisob
modelini oydinlashtirish maqsadida tenzorozetkalar yordamida aniqlangan
deformatsiya ma'lumotlaridan foydalaniladi. 16-rasmda to'g'ri burchakli
tenzorozetka tasvirlangan. Agar sinov jarayonida uch yo'nalish bo'yicha
Ε
0
,
Ε
45
,
Ε
90
deformatsiyalari aniqlangan bo'lsa, u holda elastiklik
nazariyasi formulalaridan foydalanib eksperimental bosh kuchlanishlar σ
max(min) va bosh maydonchalarning normali yo'nalishi
α
ni aniqlash
qiyin emas.
Dostları ilə paylaş: