Asosiy savollar: 1. “O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi” fanining maqsadi va vazifasi.
2. O`zbek adabiyotining manbalari.
3. O`zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Badiy adabiyot. O’zbek adabiyoti. O’zbek mumtoz adabiyoti. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti.Yangi o’zbek adabiyoti. Nazm va epos. Xalq og’zaki ijodi. Memuar va tarixiy asarlar. Tarixnavislik va badiiy adabiyot. Tarjima adabiyoti. Obrazlilik. O’zbek mumtoz adabiyoti va til tarixi. Mumtoz adabiyot va elshunoslik. Fan yutuqlaridan ijobiy foydalanish yo`llari. Adabiyot tarixini davrlashtirish. Tarixiylik tamoyili. Adabiyot taraqqiyotining o`ziga xos qonuniyatlari.
1-Asosiy masala:«O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi» fanining maqsadi va vazifasi.
O`qituvchining maqsadi: Talalabalarga o`zbek mumtoz adabiyoti tarixini fan sifatida manzur etish orqali o`z adabiyoti va madaniyati qadriyatlari bilan faxrlanish tuyg`usini uyg`otish.
Identiv o`quv maqsadlari: 1. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixini fan sifatida idrok etadi.
2. Bu fan tarkibi bilan tanishadi.
3. Janr rang-barangligining guvohi bo`ladi.
1 – asosiy masala bayoni: O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi professor N.M.Mallayev so`zlari bilan aytganda «Badiiy adabiyotning tarixiy taraqqiyot protsesini o`rganadi va o`rgatadi». O`zbek xalqi qadimiy va boy madaniyatga ega bo`lgan xalqlardan biridir. U jahon ilmu fani, san`ati va adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo`shdi, buyuk olimlarni, san`atkorlarni va yozuvchilarni yetishtirdi.
O`zbek adabiyoti tarixi predmeti: o`zbek adabiyoti tarixi o`zbek xalqining qadim zamonlardan boshlab hozirgi kunga qadar yaratgan badiiy adabiyot na`munalarini o`z ichiga oladi. O`zbek adabiyotida bu janrlardagi badiiy asarlarda ifodalangan. Lirika va epos o`tmish o`zbek adabiyotini asosiy xillaridir. G`azal, muxammas, musaddas, qasida, noma, ruboyi, doston, masal, hikoya va boshqalar keng tarqalgan adabiy janrlardir.O`tmish adabiyotimiz bir qator memuar va tarixiy asarlarni ham o`z ichiga oladi. Boburning «Boburnoma» , Abulg`oziyning «Shajarai turk», «Shajarai tarokima», Munis va Ogahiy- larning «Firdavs ul iqbol»(Saodat bog`i) va boshqalar shular jumlasidandir.
O`zbek adabiyoti tarixi «Toxir va Zuxra», «Bo`z o`g`lon», «Yusuf va Ahmad», «Kitobi podsho Jamshid», «Qissai Farhod u Shirin» kabi xalq kitoblarini ham o`z ichiga oladi. Tarjima adabiyot ham o`zbek adabiyotining bir muhim qismidir. Nizomiy Ganjaviyning «Xusrav va Shirin» va «Xaft paykar» (Yetti go`zal), dostonlari (Kutb Xorazmiy va Ogaxiy tarjimalari), Sa`diyning «Guliston» (Sayfi Saroyi, Ogaxiy), «Bo`ston» (Axmad Taftozoniy), Abduraxmon Jomiyning «Yusuf va Zulayxo», «Bahoriston», «Salomon va Absol» (Ogaxiy), Badriddin Xiloliyning «Shoxu gado» (Ogaxiy), Zayniddin Mahmud Vosifiyning «Badoye ul vaqoye» (Ogaxiy) «Kalila va Dimna» (Almaiy), «Ming bir kecha» (Sidqiy Xondailiqiy) singarilar.