Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə49/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Asosiy savollar:
1.Navoiy devonlari.
2.Navoiy - g’azalnavis.
3. Navioyning rubobiy va qit’alari.
4.Shoirning badiiy mahorati.
1- asosiy masala: Navoiy devonlari
O’qituvchi maqsadi: Navoiy devonlari haqida ma’lumot berish orqali daho shoirning boy she’riy merosidan talabalarni voqif etish.


Identiv o’quv maqsadlari:
1.Talabalar Navoiyning ilk devonlari haqida ma’lumot oladilar.
2.Navoiyning buyuk zullisonayn shoir ekanligiga talabalar amin bo’ladilar.
3.Shoirning forsiy sohibdevon ekanligini biladilar.
4.«Xazoyin ul maoniy» - turkiy she’riy kulliyot ekanligini biladilar.
1- asosiy masala bayoni:
Alisher Navoiy nafaqat o’zbek, balki umumturkiy adabiyot olamida ham eng ko’p devon tuzgan shoir hisoblanadi. Bu gapni fors adabiyotiga nisbatan aytsak ham mislsiz ekanligi ma’lum bo’ladi.
1465- yilda Sulton Ali Mashhadiy Navoiy she’riyatining muxlisi sifatida shoir she’rlarini yig’ib bir devon tuzdi. Bu devonning rasm nusxasini professor Hamid Sulaymonov 1968- yilda «Fan» nashriyotida chop ettirdi. Fanda bu to’plam «Ilk devon» nomi bilan taniqlidir.
Sulton Husayn Boyqaro saltanat sohibi bo’lganidanoq Alisher Navoiyni Hirotga chorladi va unga avval muhrdorlik, so’ng vazirlik lavozimlarini berdi.
XV asrning etmishinchi yillarida Husayn Boyqaro tavsiyasiga ko’ra Alisher Navoiy o’zi dastlabki devonini tuzdi va «Badoe’ ul-bidoya» deb nom qo’ydi. Badiiylik ibtidosi deb atalgan bu devon Navoiy adabiy kamolotidan xush darak edi.
80- yillarning boshlarida Navoiy yana shoh topshirig’i bilan ikkinchi devonini tuzdi va «Navodir un-nihoya» (Cheksiz nodirliklar) deb ataldi. 80-yillarda Navoiy forsiy tildagi she’rlarini yig’ib «Devoni Foniy»ni tuzgan edi.
Navoiy mahsuldorligi shu darajada ediki, Husayn Boyqaro daho shoir she’rlarining mislsizligini, ma’no-mazmunda teranu, badiiylikda serjilo va muhtashamligiga tan berib Navoiy va uning she’riyati haqida maxsus risola yozdi. 90- yillarda esa Husayn Boyqaro, devon jildiga olinmagan g’azallar parokandalik va yo’qolib ketish havfidan xoli emasligini hisobga olib, muallifga avvalgi she’rlarni ham kiritib, to’la mukammal devon tuzish taklifini qo’ydi. Navoiy esa sog’ligi va jur’ati etishmasligini aytib uzr so’raganida, «men tuzishaman!» deya muharrirlik vazifasini olib, qoralamalarini yig’ishtirib kelishini talab qildi. Shunday qilib, ikki shoir hamkorligida «Xazoyin ul-maoniy» - to’rt qismdan iborat mislsiz she’riy qasr bunyod topdi.
Nazorat topshiriqlari:
1.Navoiyning ilk devoni qachon va kim tomonidan tuzilgan?
2.Navoiyning o’zi tuzgan birinchi devonini nomlash va nomini izohlang.
3.Navoiy tuzgan ikkinchi devonning nomi nima? U qachon tuzilgan?
4.Navoiyning forsiy tildagi she’rlari qaysi devonda yig’ilgan?
5.Navoiyning eng yirik she’riy to’plamini nomlang. U qachon tuzilgan?
6.«Xazoyin ul-maoniy»ning tartib berilishida Husayn Boyqaro xizmati nimadan iborat bo’lgan?
7.Husayn Boyqaroning risolasini nomlang va u kimga bag’ishlanganini ayting.
8.«Xazoyin ul-maoniy» tarkibidagi devonlarni nomlang.



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin