Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə57/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

4-asosiy masala: «Hayrat ul- abror» dagi timsollar dunyosi.


O’qituvchining maqsadi: «Hayrat ul-abror»dagi obrazlarning ko’pligi va xilma – xilligi misolida talabalar shaxsida barkamollikka havas uyg’otish.

Identiv o’quv maqsadlari:


1.«Hayrat ul- abror» dagi timsollar tizimini tasavvur eta oladi.
2.Timsollarning ramziy va voqeiyligini farq etadi.
3.Timsollarning ijobiy qismidagi komillik belgilarini payqaydi.
4.Timsollardagi ijobiy va salbiy xususiyatlarni farq etadi.
5.Timsollarning olqishbop va nafratga sazovorlarini tasavvur etish orqali o’z shaxsida yaxshi xususiyatlar paydo qiladi.


4- asosiy masalaning bayoni:
«Hayrat ul- abror» «Xamsa» dostonlari orasidagi timsollarga eng boy asardir. Chunki bundagi yigirma maqolot va yigirma bir hikoyat va masalda qirqdan ortiq timsollar gavdalantirilgandir. Ayni paytda shularning katta bir qismi «Xamsa»ning boshqa dostonlariga ham o’tgandir. «Hayrat ul- abror»da timsollarning ko’pligi maqolotlariga har tomonlama fikr yuritish bilan ham bog’liqki , muallif u yoki bu masaladan baxs etganda ijtimoiy tiplarining anchasiga ko’z – quloq bo’ladi, ulardan tanlab olib misollar keltiradi.
Dostondagi timsollarning ko’pligi ijtimoiy tabaqa ahllarining ko’pligi bilan ham izohlanadi. Chunki dostonda biz Amir Temur, Shox G’oziy (Husayn Boyqaro), vazir, qozi, mufti, Muhammad Xorazmshoh, olim Imom Faxr Roziy, Xotam Toyi, Anushirvon, bakovul, qora cherik axli, madrasa talabasi, askar, oshiq va ma’shuq, so’fiy xazrati Ayyub, bog’bon, lashkarboshi, mayparast, mutakkabir amaldor va xokazolar timsollarini ko’ramiz.
Ramziy timsollar bu manzarani yanada boyitadilar: sher, durroj,… prof. N.M.Mallayev shuning uchun ham doston timsollarini uch yirik guruhga ajratib o’rganishning maqsadga muvofiqligini qayd etgan:
Birinchidan, so’zlovchi asosiy bosh qahramon – mutafakkir va insof mezoni Alisher Navoiyning o’zi;
Ikkinchidan, maqolatlardagi tavsifiy obrazlar – portret va xarakterlar.
Uchinchidan, hikoya va masallardagi epik obrazlar.
I.
Asarning muqaddimasidan tortib xotimagacha shoir obrazi kitobxon hamroxidir. Xatto hikoyalarda bu obraz xotimada, lirik misralarda, soqiyga aytgan so’zlari yoki qissadan hissa chiqarishda namoyon bo’ladi, kitobxonni yangi – yangi masalalar, o’y – fikrlar, ziddiyatlar, kurashlar olamiga olib kiradi. Kitobxon bu obrazning sarguzashti, tashqi qiyofasi yoki boshqa jixatlari bilan tanisholmasa – da, lekin doimo uning qalbi va shuuri, his – tuyg’usi, shodligi va g’azabi bilan birga bo’ladi: hamma narsani u orqali bilib oladi, tushunadi, o’ylaydi, yakun yasaydi. Navoiy butun murakkabligi, ziddiyatlari bilan gavdalanadi.
II.
Maqolatlarda malum bir ijtimoiy – siyosiy, axloqiy – ta’limiy masala haqida fikr yuritilganda tavsifiy obrazlar – portret va xarakterlar yaratadi. Bunday obrazlar qo’yilgan masalani har tomonlama to’laroq ochishga xizmat qiladi. «Salotin bobida» maqolatidagi shohlar, «Xirqapo’sh shayxlar» maqolotidagi musofir talabalar, «qalam ahli» maqolotidagi joxil amaldorlar, «Jahl mayining dardkashlari» maqolatidagi mayxo’rlar, «Xudnamo va muhannaslar» maqolatidagi hudbin va mutakabbir amaldorlar obrazi ana shular jumlasidandir.
O’n oltinchi maqolatda mutakabbir va zolim amaldor obrazini tavsiflab, uning portreti va xarakterini tipiklashtiradi:
Amaldor o’zini Rustamday botir va otini Raxshgina emas, balki yashin deb biladi. U zulmda yo’lbarsdan yirtqichdir. Zulmda ul Zahhokdir. Og’zidan bitta ham bamani so’z chiqmaydi, chakagi esa lof urishdan charchamaydi.
Dostonining o’n beshinchi maqolatida mayxo’rlikning zarari xususida so’z boradi. Shoir mayxo’rga murojaat etadi:
Qachongacha jaholat jomini ichasan, g’ururlanasan, fisq – fujur qilasan, o’limni, paymonang to’lishini ham o’ylamaysan.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin