Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə61/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Nazorat topshiriqlari:
1.Ulug’ shoir ”Farhod va Shirin” dastoni ijod etarkan, uni yangicha tarzda yaratish niyatini qanday tamsillar vositasida badiy ifoda etgan?
2.Alisher Navoiy ” Farhot va Shirin “dostonida ulug’ salaflarining ijodiy tajribasiga qanday munosabat bildiradi?
3.Ulug’ salaflarning Xusrav, Shirin va Farhod muhabbati mojarolaridan baxs etuvchi dostonlari xususidagi turkiy xamsa ijodkorining e’tirozlari nimarardan iborat?
2-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarni “Farhod va Shirin” dostonining yetakchi qahramonlari bilan tanishtirish, asarning tuzilishi, mavzu va g’oyalar haqida tasavvur hosil etish.


Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Dostonning bosh obrazlarini tasnif qila oladi.
2.2. Dostonning tuzilishi haqida tasavvur hosil qiladi.
2.3. “Farhod va Shirin” dostonining g’oyaviy ahamiyatini izohlab bera oladi.
2 – asosiy masalaning bayoni:
Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin»i ilgari shu mavzuda ijod etilgan dostonlar, xususan, ulug’ salaflari Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlaridan tubdan farq qiladi. Bu farq, awalo, shoir dostonining badiiy qimmati, turkiy tilda bunyod qilingani hamda Farhodning bosh qahramon darajasiga ko’tarilganligida namoyon bo’ladi. Ulug’ shoir Xusravni Shirinning muhabbatiga noloyiq deb biladi. Biroq Alisher Navoiy asarlaridagi yangicha talqinni yuqorida aytilgan fikrlardangina iborat deya tushunish buyuk so’z san'atkori dostonining javharini yo’qqa chiqarib qo’yish bilan barobardir. Ta'kid etilganidek, ozar shoiri Orif Ardabiliy «Farhodnoma» dostonini yozib, Farhodni bosh qahramonlik shohsupasiga olib chiqqan edi. Bulardan tashqari, asar nomining o’zgartirilishi ham doston ruhini tubdan o’zgartirishga olib kelmasligi tayin. Jumladan, Alisher Navoiy talqinidagi Farhod ham shahzoda, Chin mamlakati xoqonining yaidca-yu yagona va tilab olingan farzandi edi. Zarrin taxt, behisob mulk, davlat-u saltanat unga muntazir. Masalaning bu jihati uni Xusravga yaqinlashtirib qo’yadi. Ammo Msher Navoiyni o’ylatgan, qalam ushlatgan mavzuning bu kabi shakliy jihatlari emas edi. Barhayot ishq mojarolaridan «Mavzun bir libos» sifatida foydalangan muallif sayyor an'anaviy mavzu mohiyatini yangi o’zanga burib yuborish orqali kuzatilgan maqsadini naqshbandiya tariqati ma'naviy-axloqiy talablariga muvofiq keladigan komil inson hamda shahzoda timsolini yaratishdan iborat bo’lgan. Ulug’ shoir bunday ezgu niyatni «Hayrat ul-abror» dostonining 21-bobidayoq muxlislariga ma'lum qilib qo’ygan edi. Mazkur bob Bahouddin Naqshband va Xoja Ahrori Valiy madhiga bag’ishlangan ekan, muallif o’zining shu ta'limot muridi ekanligi bilan faxr etadi. Ana shu ulug’ ta'limot mas'uliyati Alisher Navoiy badiiy tafakkuri va sohir qalamini mohiyatan yangicha jilodagi doston yozishga undadi. Shuning uchun ham «Farhod va Shirin»da muayyan shaxsdan umum manfaati, shohdan ulus ehtiyoji, aysh-i ishratdan ishq dardi, hijron azoblari ustun qo’yiladi. Shuning uchun ustozlari sha'nini daxlsiz bilgan Alisher Navoiy sharqona va tariqat odobi doirasida ularning ayrim g’oyalariga qo’shilmasligini ma'lum qiladi. Ulug’ shoirning quyidagi misralarini xuddi shu ma'noda qabul qilmoq o’rinlidir:
Vale chekkanlar ushbu jomdin roh,
Sarosar bo’ldilar Xusravga maddoh.
Ki, mulki andoq-u oyini mundoq
Sipohi andoq-u tamkini mundoq...
Topib gah Maryam og’ushida orom,
Shakar halvosidin gohi olib kom.
Yaqindurkim bu shohi noz parvard,
Erur dard-ubalo oyinidin fard (8, 45-46). «Rosti-yu rusti» niginida naqshlangan va unga amal qilishga hamisha tayyor turgan shohgina raiyat g’amida bo’ladi. Bunday shoh behisob mol-mulk va go’zallar og’ushida farog’at topish ilinji bilan nafas olmaydi. Ishq — ilohiy javhar, uni muqaddas bilgan oshiqning ma'shuqani ishrat manbaiga aylantirishi noravo. Ishq — dard-u balolar olovida toblanib, poklanishi mumkin. Ishq — mehnat, bunyodkorlik, fidoyilik, jasorat bilan nurli. Ana shular Xusravda yo’q. Shuning uchun ustozlar qalamida sayqallangan Xusrav Alisher Navoiy tabiatiga mos kelmaydi. Shuning uchun ulug’ Navoiy barcha ibratli fazilatlarga ko’ra Xusravning ziddi bo’lgan Farhod timsolini yaratish ishtiyoqi bilan qalam surdi. XV asrning ikkinchi yarmi Xurosonda murshidi komili hazrat Jomiy bo’lgan naqshbandiya tariqatiga sidqan ixlos qilish bilan qanoatlanmaydi, inson manfaati va poklikdan o’zga iddaosi bo’lmagan o’sha o’lmas g’oyalarni badiiy ijod olamida keng targ’ib qilgan Alisher Navoiy «Farhod va Shirin»da ham ayni g’oyaviy uslubiga sodiq qoladi, «Dil ba yor-u dast ba kor»ni farzona Farhodning ham harakat dasturiga aylantiradi. Muallifning bunday urinishi dostonning boshlanish boblarida kelgan mana shu satrlardayoq namoyon bo’ladi:

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin