Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə64/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Padid o’ldi falakdek marg’zore,
Quyosh yanglig’ ichinda chashmasore.
Zuloliy chashmai hayvon masallik,
Bo’lub bar qatra andin jon masallik.
Qirog’inda daraxti ko’kka hambar,
Bu hayvon suyi ul Xizri payambar.
Yetib Farhod anda bo’ldi xurram,
Yig’ochqa bog’labon raxshini mahkam.
Hamul suv ichra g’usli ayladi pok,
Yubon g’am chirkini bo’ldi tarabnok.
Sujud y etti tilab maqsudig’a yo'l,
Tazarni' aylabon ma'budig’a ul.
Ko’targach boshni ko’rdi sabzpo’she,
Yuzi nuroni andoqkim surushe.
Chu ko’rdi oni, holi topti tag’yir,
Buyurdi lutf-u shafqat ko’rguzub pir
Ki, ey farzand, g’amdin bargaron bo'l,
Bu ishkim koming o’lmish, komron bo'1.
Meni Xizr anglakim, tuttum yo’lungni,
Ki, to bu yo’Ida tutqoymen qo’lungni (8, 163).
Farhodning istiqbolida osmondek keng ko’lamli ko’kalamzor, uni qarshisida obi hayot chiqarib turgan buloq hozir bo’ladi. Buloq suvining har qatrasi jondek shirin va yoqimli, qalblarga huzur baxsh etadi. Obi hayot bulog’ining qirg’og’ida ko’kka bo’y cho’zgan bir daraxt mavjud bo’lib ayni ashyolar ramziy mohiyat kasb etadi: obi hayot manbai buloqni — tiriklik, osmon bilan bo’ylashuvchi daraxtni esa Xizr payg’ambar timsoli deyish mumkin. Shahzoda xursand bo’lib otini daraxtga bog’laydi va buloq suvi bilan g’usl qilib poklanadi. U Allohga tazarru' qilarkan, maqsadiga erishmoq uchun Yaratgandan inoyat so’rab ibodat qiladi. Farhod sajdadan boshini ko’taiganida, uning nigohi yashil kiyimli Surush (Jabroil alayhis-salom) yanglig’ bir nuroniy cholga ko’zi tushadi. Bunday kutilmagan manzaradan Farhodning ruhiy holatida o’zgarish paydo bo’ladi. G’aybdan yetgan ulug’ pir shahzodaga lutf-u shafqatini namoyon etib, unga «farzand»,-deya murojaat qiladi. Nuroniy mo’ysafid shahzodaning tanlagan yo’li uning baxti ekanligini va bu yo’lda unga baxtiyor bo’Mshlikni tilarkan, o’zining Xizr ekanligini aytadi. Xizr Farhodga hamisha madadkor bo’lishini bildiradi. Ko’rinadiki, Farhod ishq sirlaridan voqif bo’la boshlagani bois g’aybdan kelgan madad timsoli Xizr payg’ambar maslahati bilan jomga qaraydi, unda Suqrot maskan tutgan tog’ va qorong’u g’orni ko’radi. Farhod bu ulug’ zot oldiga borish uchun eng mudhish manzil hisoblangan sher va «temir paykar» odamlar— robotlar maskaniga duch keladi. Sher — g’azab, temir paykarlar esa—dunyo mo’jizalari ramzi. Farhod Axriman devdan tortib olgani saltanat timsoli-Sulaymon xotami bilan sherni daf etadi. Temir paykar bilan jangda Xizrdan olgan tasbihiga tayanib g’olib chiqadi va qorong’u g’orni jomi Jamshid — ko’ngli shu'lasi bilan yoritib Suqrot huzuriga yetadi.
Alisher Navoiy Suqrotni nihoyatda ehtiros bilan ta'riflaydi. Shoir nazdida u burjlar orasidagi quyosh bo’lib, olam allomalari uning oldida shogirddirlar. Tog’ o’rnidan tebranmaganidek, u dunyoviy ne'matlardan tog’dek etak uzgan donishmanddir. Uning ko’ngli shu qadar kengki, unda olamning awalidan oxirigacha bo’lgan davr zuhurlangan. Yuzi -ilohiy nur ko’zgusi, o’zi g’aybiy sirlarni mukammal anglagan zotdir.
Farhod, Chin xoqoni, Mulkoroni Suqrot ochiq yuz bilan kutib oladi. Dastlab Xoqonga yuzlanib, uning bu yerga juda ko’p ranj chekib kelganining, evaziga Sulaymon uzugi-yu Jamshid jomiga, yana bir qancha dur-u javohirlaiga ega bo’lganini so’zlaydi. Suqrot Xoqonni yana ikki xushxabar bilan xushnud etadi. Biri — uning umri juda uzoq bo’lishi haqida ulug’ hakimning bashorati bo’lsa, ikkinchisi har qanday kasallikni daf etuvchi yumaloq toshning tuhfa qUinishidir. Xoqon keksayganida uni og’ziga solib, bir oz tutib turgandan so’ng, suvini yutsa qayta yasharadi. Ayni vositalar tufayli uning umri uzayib ajdodlari ichida u qadar uzoq hukmronlik qilgan boshqa bir zot topilmaydi. Suqrot Mulkoroga qarata shoh tirik ekan, vazirlik unga hamisha nasib etishini bashorat qiladi. Mulkoro keksayganida kasalliklardan forig’ qiluvchi tosh yordamida shoh uni ham yashartirishini bayon qiladi. Suqrot yana shoh va uning vaziri taqdirida to’rt unsurning ikkitasi: yer va suvdan xatar bo’lishi, Alloh xoxishi bilan bu xatarlar bartaraf qilinsa, ular besh yuz yil umr ko’rishlarini ta'kidlaydi.
Xoqon va Mulkoro Suqrot oldidan chiqib ketganlaridan so’ng, donishmand Farhodni yoniga chorlaydi. Chin shahzodasining kelishini u intizorlik bilan kutganini so’zlab, murodi hosil bo’lgani uchun Allohga shukronalar qiladi. Vaqt qisqaligi uchun tezda maqsadga o’tib, Farhodga abadiylik haqidagi mulohazalarini bildiradi. U shahzodaga dunyoning foniytigi, umrning o’tkinchiligi, Iskandar mulki-yu Nuh hayoti nasib etsa ham, hayotning bir kun intiho topishini bayon etadi. Alloh vaslini umid qilgan kishigina abadiy yashashini ma'lum qiladi. Buning uchun o’sha yo’lni ixtiyor qilgan inson o’zligidan kechib, mahbubi Mutlaqni topishi lozim. Dengiz tubiga sho’ng’imay, tengsiz dumi topib bo’lmagani singari kishi o’zligidan kechmay Uni topolmaydi. Majoziy ishqni haqiqiy ishq maqomiga ko’tarilishi o’zlikdan kechishning nishonasidir. Tong paytida nurlar sochilib quyosh paydo bo’lganidek, majoziy ishq ham hijron-u iztiroblar olovida toblanib, sayqal topadi. Shoir majoziy ishq haqiqiy ishqqa eltuvchi yo'1 ekanligini nihoyatda go’zal tasvirlaydi:

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin