Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология


Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə100/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari: Boborahim Mashrab, Qissai Mashrab, Mullo Bozor Oxund, Devonai Mashrab, Tazkirai qalandaron, Namangan, Xo’jand, Toshkent, Samarqand, Buxoro, G’uzor, Istanbul, Makka, Madina, Xorazm, Kaspiy bo’yi. G’azal, murabba, muxammas, Mustazod, musaddas, musabba, hazaj, rajaz, ramal, hafif, muzore, munsare. Huvaydo, Ravnaq, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Haziniy.


1-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: Boborahim Mashrab hayoti va faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni va uning qalandarlik yo’lini dalillar asosida tushuntirib berish.
Identiv o’quv maqsadi:
1.1 Mashrabning tug’ilishi tog’risidagi fikr-mulohazalarga munosabat bildira oladi.
1.2. Mashrabning hayoti faoliyati haqida ma’lumot bera oladi.
1.3. Mashrabning qalandarlik yo’li to’g’risida chuqur bahs yurita oladi.
1-asosiy masalaning bayoni:
O’zbek mumtoz adabiyotining XVII asrning ikkinchi yarmi – XVIII asr boshlarida yashab, ijod etgan atoqli namoyondalaridan biri Boborahim Mullo Vali o’g’li Mashrabdir. Mashrabning hayoti va ijodiy faoliyati asosan O’rta Osiyo shahar–qishloqlarida kechgan, u ishqiy, tasavvufiy, isyonkorona she’rlari bilan shuhrat qozongan, xalq qalbidan chuqur joy olib, o’zi to’g’rida hikoyat, rivoyat, naql va afsonalarning paydo bo’lishiga ham sabab bo’lgan rivoyat va naqllar aralash hikoya qilingan. U Sharqiy Turkistonning ham hukmdori, ham diniy rahnamosi Hidoyatulla Ofoqxo’ja dargohida ancha yil murid bo’lib yuradi, uch yil o’tin teradi, yana uch yil meshkobda suv tashiydi. Mashrabning ko’p shahar-qishloqlarni darbadar kezib, darvish qalandar shoir sifatida so’fiyona g’oyalarni targ’ib etganligi ma’lum.
Mashrab she’rlari tarkibida “Yoshi yetmish birga kirgan bandai raddi falak” misrasining kirltilganligini hisobga olib, adabiyotshunos Muhsin Zokirov shoir tavalludini 1640-41 yil deb taxmin qilgan edi. Biroq, «Devonai Mashrab»ning bir qancha qo’lyozmalari va tazkiralardagi ma’lumotlarni sinchiklab o’rgangan J.Yusupov Mashrab asarlarining 1990-yilgi nashriga yozgan so’nggi so’zida uning tavallud yilini 1653-yil deb hisoblaydi. Bunday ma’lumot XIX asr tazkiranavislaridan Abdulmutallib Fahmiyning tazkirasida zikr etilgan. J.Yusupovning yozishicha, bu sanaga ishonishga yana bir dalil shundan iboratki, u Ziyovuddin Bog’istoniy “Tazkirai-qalandaron”da eslatib o’tgan: “Andoh ma’lum bo’lmishkim, Mashrabi valiyulloh qatli muddatinda tavalludlaridan ellik sakkiz sana kechub erdi” zikridir. Demak, Mashrabning tavallud va qatl sanasi 1653-1711 milodiy yillar deyish mumkin.
Mashrabning qalandarlik haqidagi maxsus she’rida o’z qarashlarini ifoda etganini ko’ramiz:
Murodingga yetay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l,
Sirtam ahlin yutay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l.

Riyozatsiz bo’lay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l,
Bu taqvodin kechay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l.
Haqiqatni ochay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l.
U Namangan, Xo’jand, Toshkent, Samarqand, Buxoro, G’uzor, Istanbul, Makka, Madina Xorazm-Kaspiy bo’yi hududlarida bo’lib, o’zining isyonkorona, xalqchil she’rlari bilan shuhrat qozonadi, avliyosifat, valiulloh shaxs sifatida, hurmat, ehtirom topdi. U 1711-yili chalasavod, xushomadgo’y shaxslarning chaquvi, ig’vosi bilan dorga osib o’ldiriladi. Mashrabning qabri Balxga yaqin Ishkonmish qishlog’idadir.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin