Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə103/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Asosiy savollar :
1.Munisning tarjimai holi.
2.Munis lirikasi.
3.Munis tarixchi va tarjimon.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: “Munis ul – ushshoq”, Qiyot, Eltuzar, “Firdavs ul – iqbol“, “Savodi ta’lim“, “Shin“, “Qof”, “Shajarai turk “, “Shajari tarokima “, Olloqulixon, Avazbiy inoq, Qutlug’ Murod, Muhammad Rahimxon, Kiromiy, g’azal, masnaviy, mustazod, muxammas, musaddas, ruboiy, tuyuq.
O’qituvchining maqsadi: Talabalarga Munis hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.Munis tarjimai holi haqida ma’lumotga ega bo’la oladi.
2.Munis lirikasihaqida ma’lumot bera oladi.
3.Munisning tarjima asari va tarixiy asari haqida ma’lumot bera oladi.
1-asosiy savolning bayoni :
Shermuhammad Avazbiy o’g’li Munis XVIII asrning oxiri va XIX asrning birinchi yarmidagi Xorazm madaniyatining atoqli namoyondasi bo’lib, talantli shoir, tarixchi, mohir tarjimon, yaxshi xattot, adolat va ma’rifat kuychisi sifatida shuhrat qozongan.
Munis 1778 - yili Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’da saroy amaldori Avazbiy
( Avazbiy saroyning bosh mirobi edi ) oilasida tug’ildi. U Xorazmning yuz urug’i- dan bo’lib, uning bolaligi dastlab Qiyotda, so’ng Xivada o’tgan. Munis yoshligidan boshlab kitob o’qish, ilm olishga qiziqadi. Uning yoshligi qiziqarli va sermazmun o’tgan. U maktab va madrasada o’qib yurgan yillarini eslab, " Munis ul – ushshoq " ning debochasida quyidagilarni yozgan edi : " ...Ul ovoni saodatnishonda vaqt muqtazosi va shabob ayyomining havosi bilan... rindlik va oshiqlig’ sifatig’a mavsuf bo’lib, bexudlig’ olamig’a tushdim... laylivash ma’shuqalar visolining tamannosidin telbalik dastig’a majnunvor qadam urdim va shirin visol, mahbublar jamolining tamoshosidin balo ko’hsorig’a Farhod yanglig’ o’zumni eturdum. Masnaviy :
Gahi telbalar birla gulxan aro
Surub dardkashlikka yuz mojaro,
Gahi rindlar bazmig’a yo’l topib,
Hamonoki maqsudg’a qo’l topib,
Gahi maktab ichra kirib shodkom,
Gahi madrasa sori aylab hirom.
Qayu yerda ahbob bazm aylasa,
Tarab irtikobig’a azm aylasa,
O’zimni alar ichra solur erdim,
Ko’ngul qong’uncha bahra olur erdim.
Biroq Munisning osoyishta kunlari uzoq davom etmadi. Uni, birinchidan, ongi o’sib borgan sari hayotning turli ziddiyatlari o’z girdobiga torta boshladi, ikkinchidan, 1800- yilda otasining, keyinroq esa og’a inilarining o ;limi uni g’mu hasrat, dunyo – dunyo tashvishlarga yana quyidagilarni yozadi :
"Nasib g’am uza bo’ldi charxi gardondin,
Musibat uza musibat etushti davrondin.
Otasi vafotidan keyin Avazbiy inoq Munisni farmonnavislik vazifasiga tayinlaydi. Saroy xizmatiga o’tgan, dunyoqarashi hali batamom shakllanmagan Munis xon va xonlikni madh etib qasidalar yozadi.O’zini xonga va uning oilasiga yaqin tutadi. Avazbiy inoqning bolalari bilan ko’pincha suhbatlarda bo ‘lib ularga ta’sir qilishga harakat qiladi. Bu, hususan, 1808-yilda Avazbiy inoq o’lgach, uning farzandlari o’rtasida taxt uchun talash, ayniqsa, Eltuzar ( 1804 – 1806 ) va Muhammad Rahim (1806-1825) xonlar o ‘rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf qilishda yaqqol ko’rinadi. 1806-yilda Muhammad Rahim I taxni egallagach, Munisga miroblik unvonini beradi. Ana shundan boshlab Munis Xiva xonligi ishlarida ishtirok eta boshlaydi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin