2.1.1. Kirish. “O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi” fanining uslubiy asoslari. (2 soat). «O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi» fanining maqsad va vazifalari, manbai va tekshirish usullari. Adabiyot tarixini o’rganishning milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirishdagi ahamiyati.
[A2.9-16; A3.6-12; A7.3-7; Q4.6-16; A12 6-24; A13.6-10]. [A2.17-36; A3.13-38; A7.10-19; Q4.17-30; A12 16-34; A13.10-18].
2.1.2. Islomga qadar yaratilgan adabiyot (2 soat). Eng qadimgi og’zaki adabiy yodgorliklar, ularning manbalari. «Avesto» adabiy manba sifatida. Moniylik va buddaviylik adabiyoti.
[A3.12-59; A2.16-45; Q3.16-48; A12 15-35; A13.13-25].
2.1.3. O’rxun-Enasoy yodgorliklari. (2 soat) O’rxun-Enasoy yodgorliklarining janr xususiyatlari. To’nyuquq bitigida shaxs va millat erki. Irq bitigi – adabiy manba sifatida. [A2.112-182; A3.83-133; Q3.81–121; Q4.19-35; A12 20-42; A13.18-35].
2.1.4. IX-XII asrlar adabiyoti. Mahmud Koshg’ariy (2 soat). Arab xalifaligi hukmronligining emirilishi, ilm-fan, madaniy hayot taraqqiyoti. «Devonu lug’otit turk» asaridagi qadimgi afsona va xalq qo’shiqlari.
[A2.108-335; A3.116-210; Q3.110-148; Q4.23-48; A12 26-55; A13.24-58].
2.1.5. Yusuf Xos Hojib ijodi. (2 soat) «Qutadg’u bilig»da ijtimoiy-siyosiy va falsafiy masalalar. Dostonda axloqiy va estetik qarashlar. Doston janrlari: masnaviy, qasida, to’rtlik va g’azal unsurlari. Asarning ahamiyati. [A1.27-35; A5.4-14; A7.7-11; Q1.5-15; Q3.150-157; Q4.27-48; A13.35-62]
2.1.6. Ahmad Yassaviy ijodi (2 soat). Shoir hayoti, faoliyati va ijodi. Tasavvuf va Yassaviy ijodi.
[A1.35-39; A5.15-25; A7.12-19; Q1.16-20; Q3.158-162; Q4.49-55; A13.63-73].
2.1.7. Ahmad Yugnakiy ijodi. (2 soat). Adib Ahmad – turkiy didaktik adabiyotining etuk namoyandasi. «Hibat ul-haqoyiq» dostonida didaktika. [A1.49-53; A5.121-128; A7.30-33; Q3.182-186; Q4.65-68; A13.84-88].
2.1.8. Nosiruddin Rabg’uziy ijodi (2 soat). Hayoti va ijodi faoliyati. «Qisasi Rabg’uziy»ning yaratilishi tarixi, g’oyaviy mazmuni. Hikoyatlarning badiiy xususiyatlari. [A1.40-48; A5.115-120; A7.27-29; Q3.180-181; Q4.60-64; A13.79-83].
2.1.9. Temuriylar davri adabiyoti (2 soat). Sharq milliy madaniyati taraqqiyotida bu davrning o’ziga xos tutgan o’rni. Bu davrda yaratilgan badiiy ijod namunalarining o’ziga xos jihatlari va ahamiyati. [A1.55-59; A5.154-175; A7. 32-34; Q1.118-132; Q3.182-189; Q4.65-68; A13.84-88].
2.1.10. Xorazmiy - dostonnavis.(2 soat). Shoirning hayoti va ijodi. «Muhabbatnoma»da dunyoviy sevgining ulug’lanishi. Dostonda oshiq va ma’shuqa timsollari. [A1.67-88; A5.189-202; A7.34-44; Q1.156-183; Q3.201-229; Q4.69-72; A13.89-93].
2.1.11. Sayfi Saroyi ijodi. (2 soat). Hayoti va ijodiy merosi. Saroyi – lirik shoir. «Suhayl va Guldursun» dostoni, uning g’oyaviy mazmuni. «Gulistoni bit turkiy» asari.
[A1.85-90; A5.338-371; A7.44-46; Q1.285-322; Q3.234-243; Q4.73-76; A13.94-98].
2.1.12. Haydar Xorazmiy - dostonnavis. (2 soat). Hayoti va ijodiy faoliyati. She’riyati. «Gulshan ul asror» - falsafiy-ta’limiy doston. «Gul va Navro’z» - muhabbat dostoni. [A1.90-104; A5.400-487; A7.46-52; Q1.271-285; Q4.77-81; A13.99-103].
2.1.13. Atoiy lirikasi. (2 soat). Atoiy – lirik shoir. Atoyi lirikasining mavzulari va g’oyaviy ko’lami. Shoir g’azallarida timsollar talqini.
[A5.467-487; Q1.271-285; Q4.77-81; A13.99-103].
2.1.14. Sakkokiy lirikasi. (2 soat). Sakkokiy – lirik shoir. Sakkokiy g’azallari. Shoir g’azallarida insoniy muhabbat talqini. Sakkokiy – qasidanavis.
[A1.109-113; A4.40-45; A7.56-60; Q1.292-294; Q3.262-264; Q4.85-88; A13.109-112].
2.1.15. Lutfiy lirikasi. (2 soat). Lutfiy – turkiy adabiyotning yirik namoyandasi. Navoiy va Lutfiy. Lutfiy – zullisonayn shoir. [A1.114-117; A4.46-48; A7.61-63; Q1.295-298; Q3.265-269; Q4.89-91; A13.113-116].
2.1.16. Gadoiy lirikasi. (2 soat). Gadoiy – lirik shoir. Gadoiy lirikasining mavzular olami, obrazlar tizimi
[A1.110-111; A6.7-19; A7. 59-65;Q3.259-264b; Q4.92-95; A13.117-120].
2.1.17. Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati. (2 soat). Bolalik va o’smirlik yillari. Ilk tahsili. Ustozlari va madrasa tahsili. Navoiy va Husayn Boyqaro. Navoiy - dav lat arbobi [A1.111-122; A6.20-21, 67-68; A7.65-69; Q3.268-271; Q7.264-268;Q4.96-100;A13.121-124].
2.1.18. Navoiy lirikasi. (4 soat). Lirik merosi. Devonlari. G’azaliyoti, qit’alari, ruboiylari va boshqa lirik janrlardagi ijodi. Navoiy lirikasida obrazlar talqini. [A1.122-126; A6.79-92; A7.69-73; Q3.272-278; Q7.269-273; Q4.101-105; A13.125-128].
2.1.19. “Hayrat ul-abror” dostoni.(2 soat). «Hayrat ul-abror» - falsafiy-ta’limiy asar. Dostondagi maqolotlar talqini. Asarning obrazlar tizimi. [A1.122-126; A6.79-92; A7.69-73; Q3.279-283; Q7.274-276; Q4.106-109; A13.129-132].
2.1.20. “Farhod va Shirin” dostoni. (2 soat). Dostonning yaratilish tarixi. «Farhod va Shirin» dostonida komil inson talqini. Dostondagi boshqa obrazlar. [A1.127-130; A6.93-95; A7.74-76; Q3.287-290; Q7.281-285; Q4.113-116; A13.139-142].
2.1.21. “Layli va Majnun” dostoni. (2 soat). Dostonning yaratilishi. «Layli va Majnun» - pok muhabbat haqidagi asar. Dostonda tasavvufga aloqador masalalar. [A1.131-133; A6.96-99; A7.77-79; Q3.291-295; Q7.286-289; Q4.117-123; A13.143-146].
2.1.22. “Sab’ai sayyor” dostoni (2 soat). Dostonning yaratilish tarixi va o’ziga xos syujeti. Kompozitsiyasi. Bahrom obrazi. Dilorom obrazi. Dostondagi boshqa obrazlar talqini..
[A1.192-198; A6.209-220; A7.84-88; Q3.392-398; Q7.146-157; Q4.124-128; A13.148-152].
2.1.23. “Saddi Iskandariy” dostoni. (2 soat). Sharq adabiyoti Iskandar obrazi. Dostondagi hikoyatlar talqini. Dostonda ko’tarilgan masalalar. Asarning obrazlar tizimi.
[A1.143-154; A6.124-134; A7. 78-80; Q3.329-341; Q4.129-132; A13.152-178].
2.1.24. “Lison ut-tayr” dostoni. (2 soat). Navoiy ijodi va tasavvuf. «Lison ut-tayr» dostonida majoz masalasi. Dostonning obrazlar tizimi. Asardagi hikoyatlar talqini.
[A1.143-172; A6.135-152; A7.78-82; Q3.344-354; Q7.29-41; Q4.133-140; A13.181-190].
2.1.25. Navoiyning nasriy va ilmiy asarlari (2 soat). Turkiy xalqlar nasri taraqqiyotida Navoiy ijodining ahamiyati. Navoiy ijodida nasriy asarlarning o’rni. Navoiy – tilshunos. Navoiy – adabiyotshunos.
[A1.143-172; A6.157-162; A7. 82-84; Q3.360-368; Q7.47-53; Q4.142-148; A13.192-198].