Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə55/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Nazorat topshiriqlari:
1. «Hayrat ul- abror»ni «Xamsa»ning dastur dostoni deyish mumkinmi?
2.Dastur tushunchasini «Hayrat ul- abror» va «Xamsa»ga nisbatan tatbiq eta olasizmi?
3.«Hayrat ul- abror» dostonini mavzu va g’oyalariga ko’ra «Xamsa» ning boshqa dostoniga dastur deya olamizmi?
4. «Hayrat ul- abror»ning dasturligi mohiyatini misollarda isbotlab bering.
5. «Hayrat ul- abror» maqolalari va hikoyalari g’oyaviy jihatdan «Xamsa» ning boshqa dostonlarga hamohangligimi?
6. «Hayrat ul- abror» ning g’oya va mavzulari «Xamsa»ning boshqa dostonlariga uzviy aloqador ekanligini isbotlab bering.
7. «Hayrat ul- abror» ning «Xamsa»ning boshqa dostonlariga g’oyaviy va mavzuviy uzviyligini ahamiyati nima?


2 – asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi:
1.Dostonning kompozitsion tarkibi, tuzilishi.
2.Doston kompozitsiyasi haqidagi malumot orqali, talabada asar maqolotlar va hikoyatlardan iborat tuzilishida ekanligi haqida tasavvur hosil etish.

Identiv o’quv maqsadlari:
1. «Hayrat ul- abror» dostonining maxsus kompozitsion tuzilishli asar ekanligini bilish.
2. Dostonning yigirma maqolot va yigirma hikoyatdan iboratligini to’gri tasavvur qilish.
3. Maqolatlarning sheriy esa – da ilmiy mulohazalardan iboratligini bilish.
4. Hikoyalarning maqolotlarning illyusstratsiyasi :badiiy asoslash uchun keltirilganini bilish.
2– asosiy masalaning bayoni:
«Hayrat ul- abror» - maxsus kompozitsion tuzilishiga ega. Unda biz odatdagi doston- lardagidek yagona va voqealarning uzviy aloqadorligini ko’rmaymiz. «Hayrat ul- abror» yigirma maqolot va yigirma hikoyatdan iborat dostondir. Maqolotlarning har birida bir masala kun tartibiga qo’yilib muhokama qilinadi: u haqida mulohazalar yuritiladi: uning ijobiy va salbiy oqibatlari mantiqiy va ilmiy tahlil etiladi. Masalan, to’g’rilik va yolg’onchilik haqida so’z ketar ekan, muallif to’grilik, chin so’zlilikning hayot tarzi ekanligini uqtiradi. Har qancha noiloj qolgan taqdirda ham yolg’on so’zlamaslik kerakligini uqtiradi:
Xar ne zarurat aro qolg’on chog’i,
Chin demas ersang, dema yolg’on dog’i.
Rostlik maqtovida nay misolga keltiradi. U to’gri bo’lgani uchun nay ovozini hol ahli tinglaydilar, deydi. Sham rostligi – tikligi uchun umr bo’yi – yonib tugaguniga qadar o’zidan nur taratadi. Yashin ham nur, ammo u egri harakat qilgani uchun yer ostiga kirib ketadi!
Xullas, maqolotlarda dalil va isbotlar keltirilib, olg’a surilayotgan fikrlar mantiqan va ilmiy jihatdan puxta asoslab beriladi. Doston maqolatlardan tashqari hikoyatlardan ham iborat dedik. Har bir maqolotda u yoki bu masala muhokoma etilar va fikr nihoyasiga yetkazilar ekan, oxirida bir ibratli hikoyat keltirilib, o’sha muhokoma qilingan masala badiiy illyustratsiya orqali isbotlab beriladi, tasdiqlanadi. Chunonchi: yuqoridagi rostlik va yolg’onchilik bahsi nihoyasida sher bilan durroj hikoyati keltiriladi. Rost gapiruvchi kishi timsoli – sher. Yolg’onchi - durroj (kirg’ovul). Ermakka ikki marotaba sherni aldagan durroj uchinchi marotaba chinakam tuzoqqa tushganida ming chinqirmasin, sher: «Durroj yana meni aldayapti» deb o’ylab, yordamga bormaydi. Durroj o’z yolg’onchiligi qurboni bo’ladi.
Adolat hakida so’z muhokama qilinganda: odil shoh quyoshga o’xshatiladi. U olam ahliga hayot bag’ishlaydi. Zolim shoh uning teskarisi. Odil shoh – bunyodkor, tiklaydi, ekin yerlarini daraxtzorga to’ldiradi. Zolim shoh shaxharlarini buzadi, daraxtlarni quritadi. Ayni shu talqinlardan so’ng Bahromshoh haqidagi hikoya keltiriladi. U bir qulonni quvib, holdan toyib bir bog’bon uyiga qo’nadi. Bog’i qurib yotgan mezbon, ahvolini aytib zorlanadi. Bahrom ichida adolatli bo’lishga so’z beradi. Mezbon uyga quvonib kiradi. «Korizimga suv keldi. Shohimiz adolatli bo’ladi, shekilli» . . . Ko’rinib turibdiki, hikoyat maqolatdagi fikrni ta’diklab turibdi.
Nazorat topshiriqlari:
1. «Hayrat ul- abror» ning kompozitsion tuzilishi odatdagi dostonlardaymi?
2. «Hayrat ul-abror» dostoni tuzilishining maxsus kompozitsion tizimini isbotlang.
3. Dostonda necha maqolat va necha hikoyat bor?
4. Maqolatlar ilmiymi badiiymi?
5. Hikoyatlar -chi? Isbotlab bering?
6.Maqolotlar ilmiy – mantiqiy fikrlarga asoslanadimi badiiy ta’sirgami?
7.Hikoyatlarning maqolatlarga nima dahli bor?
8.Hikoyatlar bezakmi yoki dalilmi?



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin