Nazorat topshiriqlari: 1.«Hayrat ul-abror» da qaysi ijtimoiy tabaqa vakillari timsollari berilgan?
2.Timsollarning voqeiy va ramziy etib ko’rsating.
3.Barkamollik belgilarini qaysi timsollarda kuzatdingiz?
4.Shoh G’oziy va zolim shohlar farqlarini ko’rsatib bering.
5.Nega shoir salbiy timsollarga keng o’rin bergan?
6.Dostondagi qaysi timsollar fel – atvorini yoqtirdingiz?
7.Dostondagi qaysi timsollardan nafratlandigiz?
Adabiyotlar ro’yxati: N.Mallayev «O’zbek adabiyoti tarixi», « O’qituvchi» Toshkent. 1976- yil.
«O’zbek adabiyoti tarixi» besh jidlik, ikkinchi jild, «Fan» Toshkent 1974- yil.
Aziz Qayumov «Hayrat ul- abror» talqini G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent 1976- yil.
Abdurashid Abdug’afurov. «Besh buyuk hayrat».
5.To’xtasin Jalolov «Xamsa» talqinlari, Toshkent 1970-yil
6. http://www.gduportal.uz/
7. hht://www.ziyonet.uz/
Mavzu: ”Farhod va Shirin” dostoni
№
Bajariladigan ish mazmuni
Amalga oshiruvchi mas’ul
Izoh
1
2
3
4
1-bosqich
Dars maqsadi: Talabalarga ”Farhod va Shirin” dostonining mazmunini tushuntirish,ishqiy - qahramonlik dostonilarining g’oyaviy ahamiyatini izohlash.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Farhod va Shirin” dostonini mazmunini gapirib bera oladi.
2.Ishqiy - qahramonlik dostonlari haqida tasavvur hosil qiladi.
3.Doston mohiyati haqida tushunchaga ega bo’ladi.
O’qituvchi
2-bosqich
Asosiy tushunchalar:
«Farhod va Shirin»—Alisher Navoiy «Xamsa»sining ilk masnaviysi, Farhod – komil inson sifatida. Alisher Navoiy idealidagi shahzoda obrazi, Xamsa, Xusrav Dexlaviy, Nizomiy Ganjaviy. Farhod, Shirin, Xusrav, Suqrot, Suhaylo hakim, Moniy,Qoran,Sheruya,Mehinbonu,Shopur, Mulkoro Xamsa
Dars shakli: ma’ruza.
Metod va usullari: og’zaki bayon,savol-javob, aqliy hujum.
Vositalar: kompyuter, videoproektor, taqdimot, ishlanmalar.
O’qituvchi
3-bosqich
Guruhda ishlash.
Topshiriqlarning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.
Mavzuga oid atama va ifodalar izohlanadi
Talaba
4-bosqich
Mustahkamlash va baholash uchun savollar:
1. Ulug’ shoir ”Farhod va Shirin” dastoni ijod etarkan, uni yangicha tarzda yaratish niyatini qanday tamsillar vositasida badiy ifoda etgan?
2.Alisher Navoiy ” Farhot va Shirin “dostonida ulug’ salaflarining ijodiy tajribasiga qanday munosabat bildiradi?
3.Ulug’ salaflarning Xusrav, Shirin va Farhod muhabbati mojarolaridan baxs etuvchi dostonlari xususidagi turkiy xamsa ijodkorining e’tirozlari nimarardan iborat?
O’qituvchi-
Talaba
O’qituvchi-
Talaba
5-bosqich
Umumiy yakuniy xulosalar chiqariladi.
Maqsad va vazifalarning bajarilganligi tahlil qilinadi, zaruriy maslahatlar beriladi, mustaqil ish topshiriqlari tarqatiladi, xulosalar chiqariladi.