Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы



Yüklə 3,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/88
tarix25.11.2023
ölçüsü3,13 Mb.
#134597
növüУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

yechishda samarali foydalanish uchun, aniq hududga taalluqli kenglikka 
bog’langan ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash, 
tasvirlash va tarqatishni ta’minlaydi. 
GAT qo‟llaniladigan sohalar juda keng. Ular: tabiiy resurslardan foydala- 
nish; qishloq xo‟jaligi; landshaftli rejalash; yer to‟g‟risidagi ma‟lumotlar tizimi 
(kadastrlar); atrof muhit va yerdan foydalanish; ekologiya; favqulotdagi holatlarni 


25 
tahlil qilish; shaturlidan tashqaridagi yerlardan foydalanish; statistika va 
modellashtirish; o‟rmon xo‟jaligi va biznes; tranport; turizm sanoati; shaturlilarni 
rejalash; geologiya; ta‟lim; sog‟liqni saqlash va boshq. 
Kenglik ma‟lumotlarini yoki oxirgi amaliy vazifani modellash turiga bog‟liq 
bo‟lmagan holda GAT texnologiyasi quyidagi ustunliklarga ega:
- yagona birlashgan ma‟lumotlar modeli turli xil ma‟lumotlarni boshqarishni 
yengillashtiradi va ortiqcha ishdan qutqaradi, bu esa xatolar soni kamayishiga va 
mehnat unumdorligi oshishiga olib keladi; 
- oddiy va o‟rta murakkab masalalarni yechish uchun turli xil turdagi 
hududiy va nohududiy ma‟lumotlarni tahlil qilish va so‟rovlarni kiritish, natijalarni 
bashoratlash, yechimlarni sinab ko‟rish imkonini beradi; 
GATning asosiy talablari quyidagilardan iborat: 
- kartografik ma‟lumotlarni digitayzer, skaner, raqamli fotokamera, sichqon 
yordamida kiritish, boshqa tizimlardan fayllarni olish (shu jumladan ma‟lumotlar 
formatlarini almashtirib), rastrli tasvirlarni yarim avtomat interaktiv vektorlash; 
- kartografik va yozma ma‟lumotlar bazasini boshqarish (ularning arxitektu-
rasini yaratish, kartografik va boshqa obyektlar orasida aloqani o‟rnatish, 
ma‟lumotlarni yangilash, izlash, tanlash); turli xil turdagi vektorli va rastrli 
ma‟lumotlar qatlamini, yuzalar qatlamini va uch o‟lchamli obyektlarni qo‟llash; 
- tizim ichida dasturlash tilining mavjudligi foydalanuvchiga tizim ichida 
hisoblash dasturlarini va boshqa foydalanuvchilar ilovalarini, yangi turdagi 
ma‟lumotlar qatlamlarini yaratish imkonini beradi, boshqa ma‟lumotlar bazasiga 
va GATlarga erkin kirishni ta‟minlaydi, foydalanuvchilarning interfeys tizimlarini 
o‟zgartiradi va to‟ldiradi; 
- koordinatalar tizimini o‟zgartirish va kartografik proyektsiyalarni 
ellipsoidda va sturlida o‟zgartirish, tayanch nuqtalari bo‟yicha tasvirlarni tuzatish; 
- o‟lchashlarni o‟tkazish (uzunlikni, maydonlarni, perimetrlarni, obyekt 
shakllari tavsiflarini hisoblash); 
- ma‟lum uzoqlik sturlitlarini qoniqtiruvchi poligonlarni qurish, yaqin 
qo‟shni poligonlarni izlash; 


26 
- ko‟plab kartografik obyektlar ustida amallarni bajarish (bo‟lish, qo‟shish, 
chiqarish); 
- tarmoqlardagi amallar: optimal marshrutlarni aniqlash va boshq. 
- doimiy va vaqtinchalik tayanch nuqtalari tarmoqlari asosida yuzani qurish 
va ularni tahlil qilish; 
- turli bir ayrim hudud bo‟yicha ma‟lumotlar butunligini buzmasdan va 
takrorlantirmasdan ko‟plab hududlar bilan (turli biri o‟zining ichki koordinatalari 
ko‟rsatkichlariga ega bo‟lishi mumkin) yagona koordinatalar kengligida bir vaqtda 
kelishilgan tarzda ishlash imkoniyatini ta‟minlovchi, virtual birlashtirilgan 
tartibdagi kartografik ma‟lumotlar bilan ishlash; 
- hududlarni ustma-ust ko‟p marta taxlash bilan georelyatsion ma‟lumotlar 
bazasi arxitekturasini qurish, bu kartografik obyektdan uning yirik miq‟yosli 
ko‟rinishi hisoblangan yangi hududga o‟tish imkonini beradi; 
- raqamli fotogrammetriya va stereo tasvirlarni RSda qo‟shish (keyinchalik 
stereo tasvirlarni yaratish va birinchi tasvirga olishda yuzaga keladigan geometrik 
og‟ishlarni yo‟qotish uchun stereo juftligi rasmlarini birlashtirish; aniq fotogram-
metriya masalasi uchun avtomatlashgan tarzda relyefning raqamli modelini nisbiy 
va absolyut koordinatalar tizimida yaratish va chiziqli o‟lchashlarni o‟tkazish; sath 
chiziqlari va relyef tasvirining uch o‟lchamli raqamli modeli asosida sintezlash; 
rangli va oq-qora stereo tasvirlarni shaxsiy kompyuterlarda ko‟rsatish; 
stereoskopik tasvirlarni miqyoslash); 
- hisobot shaklini umumlashtirish va tarkibiga oq-qora va rangli kartalarni 
yaratish, rasmiylashtirish, boshqa masshtabdagi kesimlari va tushuntirish matnlari 
keltirilgan oynalarni, grafik elementlarni va sh.o‟. joylashtirish; 
- yozma va chizma ma‟lumotlarni turli xil printerlarda, plotterlarda 
chiqarish, fayllar yaratish, boshqa tizimlarga o‟tkazish (shu jumladan ma‟lumotlar 
formatlarini o‟zgartirib). 
GATlarda ishlatiladigan ma‟lumotlar kartografik asosdan va unga mos 
ma‟lumotlar bazasidan iborat bo‟ladi. Chizma ma‟lumotlar kompyuterlarga turli xil 
usullar va manbalardan kiritiladi. Karta va planlarni raqamli ko‟rinishga o‟tkazish 


27 
uchun digitayzerli kiritishdan – ya‟ni turli bir karta obyekti uchun koordinatalar 
nuqtalarini topish usulidan foydalaniladi. Bu ko‟p mehnat va aniqlik talab etadigan 
qiyin jarayon, bunda xatoliklarga yo‟l qo‟yish xavfi katta. Shunga qaramasdan 
jarayonni avtomatlashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan:
1) kartografik asosni skanerlash (natijada karta rastr ko‟rinishida saqlanadi, 
ya‟ni matritsa shaklida, bunda turli bir element bir nuqtani tavsiflaydi);
2) rastrni raqamli ko‟rinishga ekranda aylantirish. 
Dasturning avtomatlashtirilganligi darajasiga qarab, ekranda foydalanilayot-
gan tasvir vektorizatorga va ekran muturliririga bo‟linadi. Vektorizator avtomatik 
tarzda tasvirni raqamli ko‟rinishga o‟tkazadi. Ekran muturliriri digitayzerning 
o‟rnini bosadi va bahosi bo‟yicha yer tuzish tashkilotlarida foydalanish uchun 
qulay. 
Barcha quvvatli GATlar (
GeoDraw, Microstation, MapEdit, EasyTrace,
SportLight, ArcInfo, Intergraph, Caddy
va boshq.) avtomatlashtirilgan kiritishni 
qo‟llovchi maxsus modelga ega. Biroq bular yuqori unumli jihozlarni talab 
etadigan qimmatbaho tizimlardir, shuning uchun ham ko‟p foydalanuvchilar o‟z 
ehtiyojlari uchun boshqa dasturlarni (masalan, 
AutoCAD
) moslaydilar. Bunday 
yondashuv avtomatlashgan raqamli ko‟rinishga o‟tkazish tizimlarini va ularga 
ilovalarni ishlash xarajatlarini minimal darajagacha kamaytiradi. 
Keyingi yillarda GATlarni tayyorlash qattiq rivojlanmoqda. Bugungi kunda 
geodeziya, yer tuzish, yer kadastri mutaxassislari uchun ishlangan «Ponarama» 
firmasining professional GAT karta 2008 dasturiy mahsulotini va «Kredo – 
Dialog» kompaniyasining “CREDO VUZ 2006” dasturiy majmualarini yaxshi va 
arzon Geoaxborot texnologiyalari sifatida qabul qilish mumkin. 
Yer tuzish maqsadlari uchun yer tuzishni loyihalash obyektlari ma‟lumotlar 
bankini shakllantirish tamoyillarini yaratish va unda foydalaniladigan, 
o‟rganilayotgan hududning tabiiy va antropogen sturlioitlari bilan to‟g‟ridan-
to‟g‟ri bog‟liq, ma‟lumotlarning xususiyatlarini to‟la hisobga olish katta 
ahamiyatga ega. 

Yüklə 3,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin