70
metodologiyasini qo‟llab-quvvatlash, masalani ketma-ket yechishni boshqarish
ta‟minlanadi.
Kompyuter dasturlari ishlarining
interaktiv (muloqatli) tartibi
deb, uning
inson bilan EHM o‟rtasidagi doimiy birgalikdagi xarakatlarni, ular o‟rtasidagi
so‟rovlar va javoblar almashinuvlarini ko‟zda tutuvchi, xarakatlar tartibiga aytiladi.
Shunday qilib hisoblash jarayonini egiluvchan (moslashuvchan) boshqaruv
ta‟minlanadi.
5.3. Loyihachini uslubiy qo’llab quvvatlash
Uslubiy
qo‟llab-quvvatlash tizimi (YEM elementi) tizim bilan ishlashning
barcha darajalarida loyihachiga u
slubiy
yordam berish va ma‟lumotlarni qayta
ishlashning unifikatsiyalangan xarakatlarini bajarish uchun zarur dasturiy,
ma‟lumot va uslubiy ta‟minot komponentlari yig‟indisini o‟z ichiga oladi. Uslubiy
yordam deganda loyihachiga (muloqatli tizim orqali) quyidagi ma‟lumotlarni
yetkazib berish tushuniladi:
- namunaviy yechimlar;
- loyihalash jarayonida foydalaniladigan turli xil o‟lchamlar va omillarning
ahamiyatlilik darajasi to‟g‟risidagi statistik ma‟lumotlar;
- oldindan tayyor savollar va ularga tayyorlangan javoblar ko‟rinishidagi
uslubiy tavsiyalar;
- o‟xshash loyihaviy masalalarni yechishning mavjud tajribasi.
5.4. Grafikaviy va atributiv (xususiy) ma’lumotlarni kiritish va o’zgartirish
Berilgan plan-xarita materiallarini (EG elementi) kiritish va oldindan ishlov
berish tizimining yiriklashtirilgan chizmasi 18–rasmda ko‟rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: