97
larni eksport qilishda eng ahamiyatli parametr Resolution dalasiga qo‟yiladigan
imkoniyat darajasi hisoblanadi.
Imkoniyat darajasi qancha yuqori – 300 dpi, 600 dpi va yuqori bo‟lsa rastr
nuqtasining o‟lchami shuncha kichik va mos tarzda tasvirni uzatish sifati shuncha
yuqori bo‟ladi. TIF formatidan
Corel Draw
ga import qilingan grafikaviy
obyektlar o‟z formatlarini saqlashadi va ekranga rastrlangan tasvir qilib chiqariladi.
WMF formati.
Microsoft firmasida ishlangan maxsus format bo‟lib,
Windows muhitida grafikaviy vektorli fayllarni almashish uchun yaratilgan.
GIF formati
odatda Internet tarmog‟ida rastrli
tasvirlarni uzatish uchun
foydalaniladi. Tasvirni uzatishi yaxshi, lekin rang chuqurligi bori- yo‟g‟i 8 bit.
JPG formati
ham, asosan, Internet uchun mo‟ljallangan. GIF formatidan
farqli o‟laroq, ranglar to‟g‟risidagi barcha ma‟lumotlarni saqlaydi, ko‟pchilik
hollarda tasvir sifatini
sezilarli pasaytirmasdan, fayl hajmini o‟nlab marta
qisqartirish imkonini beradigan juda kuchli siqish algoritmidan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: