Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы



Yüklə 3,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/88
tarix25.11.2023
ölçüsü3,13 Mb.
#134597
növüУчебное пособие
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   88
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

Standart vektorli drayverlar orqali chop etish
(ishning eng ko‟p tarqalgan 
texnologiyasi) plotterga o‟rnatilgan standart ranglar politrasidan (odatda 256 dan 
16 rangni tanlash mumkin) foydalanib, vektorli grafikani chiqarishda oraqamlik 
bilan talab etilgan rangni olish imkonini beradi. Uning kamchiliklari: 
- fayllar hajmini bir necha megabayt darajasiga ko‟paytirishda plotter 
xotirasini kengaytirish kerak bo‟ladi; 
- grafikaning murakkabligi oshgani sari fayllar hajmi va vektorlar soni 
bo‟yicha plotterga o‟rnatilgan vektor tili interpretatorining fayllar hajmi va 
vektorlar soni bo‟yicha imkoniyatlari juda tez tugaydi (xotirani kengaytirish ham 
bunda yordam bermaydi); 
- rastrli – vektorli grafikani chop etish mumkin emas (masalan, rastrli 
asosdagi kartani); 
- faylni chop etishga tayyorlash vaqti fayl hajmi oshgani sari tez o‟sadi va 1-
2 soatga yetishi mumkin. 


104 
Standart rastrli drayverlar bilan chop etish
quyidagi imkoniyatlarni beradi: 
- xoxlagan o‟lchamdagi faylni chiqarish; 
- aralash (rastrli – vektorli) grafikani chop etish. 
Kamchiliklari: 
- amalda to‟g‟ri rang uzatishni olish mumkin emas – monitor ekranida bir xil 
ranglar ko‟rinib turadi, plotterda esa umuman boshqalari olinadi; 
- faylni chop etishga tayyorlash vaqti uning hajmi oshgani sari tez o‟sadi va 
bir necha soatni tashkil etishi mumkin; 

oddiy 
rastrlash 
poligonlarning 
yaxshi 
to‟ldirilishiga erishishni 
ta‟minlamaydi; 
fotorealistik sifatga erishish mumkin emas (ranglar chuqurligi va mayda 
detallardagi aniqlik yetishmaydi). 
Plotterga o’rnatilgan PostScript Level2 interpretatoridan foydalanib chop
etish
quyidagi ustunliklarga ega: 
- standart drayverlar bilan ishlashga nisbatan chop etish sifati sezilarli 
yuqori; 
- ham vektorli, ham rastrli grafika bilan ishlash mumkin. 
Kamchiliklari: 
- xotirani kengaytirish talab etiladi;
- ishlov beriladigan fayllar hajmi bo‟yicha cheklashlar bor (hattoki xotirani 
maksimal kengaytirishda ham); 
- rastrlash algoritmlari bo‟yicha ham cheklashlar bor, hattoki ularni 
takomillashtirish ham mumkin emas; 
- ranglarni rostlash jadvali bilan ishlash imkoniyati yo‟q; 
- ishlov berish tezligi bo‟yicha takomillashtirish mumkin emas. 

Yüklə 3,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin