27
uchun digitayzerli kiritishdan – ya‟ni turli bir karta obyekti uchun koordinatalar
nuqtalarini topish usulidan foydalaniladi. Bu ko‟p mehnat va aniqlik talab etadigan
qiyin jarayon, bunda xatoliklarga yo‟l qo‟yish xavfi katta. Shunga qaramasdan
jarayonni avtomatlashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan:
1) kartografik asosni skanerlash (natijada karta rastr ko‟rinishida saqlanadi,
ya‟ni matritsa shaklida, bunda turli bir element bir nuqtani tavsiflaydi);
2) rastrni raqamli ko‟rinishga ekranda aylantirish.
Dasturning avtomatlashtirilganligi darajasiga qarab, ekranda foydalanilayot-
gan tasvir vektorizatorga va ekran muturliririga bo‟linadi. Vektorizator avtomatik
tarzda tasvirni raqamli ko‟rinishga o‟tkazadi. Ekran muturliriri digitayzerning
o‟rnini bosadi va bahosi bo‟yicha yer tuzish tashkilotlarida foydalanish uchun
qulay.
Barcha quvvatli GATlar (
GeoDraw, Microstation, MapEdit, EasyTrace,
SportLight, ArcInfo, Intergraph, Caddy
va boshq.) avtomatlashtirilgan kiritishni
qo‟llovchi maxsus modelga ega. Biroq bular yuqori unumli jihozlarni talab
etadigan qimmatbaho tizimlardir, shuning uchun ham ko‟p foydalanuvchilar o‟z
ehtiyojlari uchun boshqa dasturlarni (masalan,
AutoCAD
) moslaydilar. Bunday
yondashuv avtomatlashgan raqamli ko‟rinishga o‟tkazish tizimlarini va ularga
ilovalarni ishlash xarajatlarini minimal darajagacha kamaytiradi.
Keyingi yillarda GATlarni tayyorlash qattiq rivojlanmoqda. Bugungi kunda
geodeziya, yer tuzish, yer kadastri mutaxassislari uchun ishlangan «Ponarama»
firmasining professional GAT karta 2008 dasturiy mahsulotini va «Kredo –
Dialog» kompaniyasining “CREDO VUZ 2006” dasturiy majmualarini yaxshi va
arzon Geoaxborot texnologiyalari sifatida qabul qilish mumkin.
Yer tuzish maqsadlari uchun yer tuzishni loyihalash obyektlari ma‟lumotlar
bankini shakllantirish tamoyillarini yaratish va unda foydalaniladigan,
o‟rganilayotgan hududning tabiiy va antropogen sturlioitlari bilan to‟g‟ridan-
to‟g‟ri bog‟liq, ma‟lumotlarning xususiyatlarini to‟la hisobga olish katta
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: