Uchta tushuncha zamon va makon tanlamaydi. Bular so‘zlash, tinglash va anglashdir. Odamzot yaralibdiki, o‘zaro munosabat jarayonida ana shu uch birlikka amal qilib kelinadi



Yüklə 49,41 Kb.
səhifə8/9
tarix20.05.2022
ölçüsü49,41 Kb.
#116077
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tarjima uchun

Ko‘kka etsa agar boshing so‘zingdan,
Ko‘zdan oqsa agar yoshing so‘zingdan,
YAxshilik ham, yomonlik ham so‘zingdan
Og‘u bo‘lsa ichar oshing so‘zingdan
Neki bo‘lsa, o‘zingdan ko‘r, o‘zingdan.
Demak, siz aytgan so‘zingiz tufayli yakka shaxs yoki jamoada qandaydir kayfiyat, o‘zingizga nisbatan munosabat uyg‘otasiz. Bu borada ehtiyotkorona harakat zarurligi ta’kidlanayapti. SHuning uchun ham aytilgan so‘z mis, aytilmagani oltin deyiladi. Mas’ullik aytgan so‘zingiz va qilgan ishingizga javobgarlik demakdir. Yirik mutafakkir shoir Abu Abdulloh Rudakiyning ushbu hikmatiga e’tibor bering:
Ko‘pincha so‘z aytib, bo‘ldim pushaymon,
Aytmagan so‘zimdan – doimo shodmon.
Etti o‘lchab bir kesishni biladiganlar, o‘ynab gapirsa ham o‘ylab gapiradiganlar bu borada oqsamasliklari aniq. Ma’lum bir vaziyatda, jahl otiga minib turgan bir damda o‘ylamay-netmay aytgan bir so‘zi uchun umr bo‘yi xijolat chekib yurganlarning ham guvohi bo‘lgansiz. Birovning gapiga kirib munosabatlarni buzish, qarindoshlik rishtasini uzish, yuz ko‘rishmas bo‘lib ketish muomala madaniyatiga zid. O‘rinsiz xatti-harakat yoxud bir og‘iz aytilgan noo‘rin so‘z sabab dilxiraliklarga yo‘l qo‘yish xunuk illat. SHarqona odob-axloq me’yorlarini bilmaslik, rioya qilmaslik, uni buni bahona qilishlar aqli raso insonlarga yarashmasligi aniq. Muomala jarayonida ziddiyatlar avjga chiqqan paytda sukut va sabr eng to‘g‘ri yo‘l ekani adabiy manbalarda e’tirof etilgan. Rivoyatlardan birida kelitirilishicha, g‘azabnok bir kimsa “men haqimda falon odam unday debdi, bunday debdi, men hozir undan alamimni olaman, do‘pposlab xumorimdan chiqaman, uni haqorat qilishga qanday huquqi bor, deya yoshi ulug‘, so‘zi qutlug‘ bir donishmanddan so‘rabdi. Donishmand aytibdi:
YAxshisi, uyingga bor, damingni ol, sabr iymondandir, ertaga gaplashasan.
Nega, axir, temirni qizig‘ida bosgan yaxshimasmi?!
Sen temir emas, odamsan, bilmaysanmi, kiyimingga loy sachragan bo‘lsa, u qurigandan keyin yaxshiroq tozalanadi.
Tildan to‘g‘ri va aqlu idrok, fahmu farosat bilan foydalanilsa, muloqot ko‘ngildagidek kechadi. Qiziqqonlik bilan qilingan harakat esa maqsadga putur etkazadi. Turli muammolarni keltirib chiqaradi. Bular ayni paytda boshga kulfatlar olib kelishi mumkin. SHuning uchun ham bunga “til ofatlari” deyiladi.
Tildan keladigan ofatlar ko‘p va turli-tuman bo‘lib, ular qalbni sarxush qiladi. Odam tabiatida ham ularga moyillik bor. Mazkur ofatlardan qutulishning eng oson yo‘li jim turish orqali bo‘ladi. Bu juda katta fazilatdir. Jim turish himmatni jamlaydi va fikrni soflaydi.
Taniqli alloma Muhammad Zohid Qo‘tqu “Tilni tiyish – bu xoinlik, tuhmat, yolg‘on, g‘iybat, chaqimchilik, istehzo, birovni masxaralash, yolg‘on qasam ichishdan tiyilish kabi til vositasida bajariladigan behuda va yomon amallardan o‘zini saqlashdir” deb bejiz ta’kidlamagan.
Til ofatlari borasida so‘z ketganda, zarur bo‘lmagan, keraksiz, ortiqcha so‘zdan chetda turish muomala madaniyatining maqbul jihatlari sifatida tilga olinadi.
Hakim zotlarlarning biridan: «Seni bunchalik hikmatga nima etkazdi?» deb so‘ralganda, «Bilgan narsamni so‘ramayman, keraksiz narsani gapirmayman», deb javob berganligi ham shunga asosdir. Alisher Navoiy hikmatlaridan biri shunday: Sihhat tilasang kam e, izzat tilasang kam de. Kam gapirishning foydasi borasida ko‘plab naql va rivoyatlar bor.
Abu Sa’id rivoyat qilishicha, “Odam bolasi tong ottirsa, uning
a’zolarining barchasi tilga: «Bizning haqqimizda yaratgandan qo‘rq! Biz
senga bog‘liqmiz. To‘g‘ri bo‘lsang, to‘g‘rimiz. Egri bo‘lsang, egrimiz, der
ekanlar».
Bundan anglashiladiki, til kishining boshqa a’zolarini boshchisi va da’vatchisi hamda ularni etakchisi (yaxshilik yoki zalolatga) ekanligi bilinadi. “Mo‘minning tanasida tilchalik alloh sevgan parcha et yo‘q. Alloh mo‘minni tili tufayli jannatga olib boradi. Kofirning vujudida Allohga tilchalik yoqimsiz parcha et yo‘qdir. Alloh taolo kofirni tili tufayli do‘zaxga tashlaydi.” Xuddi shu hadis mazmunidagi bitikka monand Alisher Navoiy “Og‘ziga kelganni demoq nodonning ishi, oldiga qo‘yganni emoq hayvonning ishi” deya bejiz aytmagan. Gapi ko‘payganning xatosi ko‘payadi deyilishida ham mantiq yo‘q emas. Kaykovus so‘zning ikki tomoni, ya’ni yaxshi va yomon tomoni borligini ayta turib uni qo‘llashda yuksak did va go‘zal axloq bo‘lishini ta’kidlaydi. Odatda, ko‘pchilik ana shu so‘zlarni chalkash qo‘llash orqali e’tibordan e’tirozga sababchi bo‘ladilar. YOmon so‘z jondan imonga o‘tishi haqidagi ushbu bitikka e’tibor qilaylik. Aytishlaricha, Bahrom Go‘r bir daraxtning ostida o‘tirgan edi. Nogoh shoxlar orasidan bir qushning ovozi eshitildi. Bahrom o‘q bilan bemavrid “so‘zlovchi” bu qushning ishini tamom qildi. Qushning tani mix misol shoxlarga urildi va joni esa o‘q-yoyning issiq sixi bilan tilindi. U dedi: “Qush ham, inson ham o‘z tilini saqlasa omon bo‘larkan!”

Yüklə 49,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin