O`z oilasi haqida namunada ko`rsatilganidek bayon yozish
1-mashq.O`rganish uchun namunada ko`rsatilganidek o`z oilangiz
haqida qisqacha bayon yozasiz.Oila a’zolaringiz ismini yozish va
sarlavha qo`yish esdan chiqmasin.
Namuna:
Reja:
1.Oilamiz a’zolari kimlar ekanini yozaman.
2.Kim nima ish qilishi haqida yozaman.
3.Uyimiz necha xonali va qanaqaligi haqida.
4.Hovlimizning ko`rinishini tasvirlayman.
5.Uy hayvonlaridan qaysilari borligi haqida.
6.O`zimning o`qishlarim qandayligi haqida yozaman.
Mening oilam
Bizning oilamizda yetti kishi yashaydi.Bular - bobom, buvim,
dadam, oyim, opam, men va ukam.
Bobom va buvim pensiyadalar.
Dadam haydovchi bo`lib ishlaydi.Oyim esa uy bekasi.Uy ishlari
bilan shug`ullanadi.Dilobar opam 8-sinfda o`qiydi.Mening ismim
Behruzjon, 4-sinfda o`qiyman.Ukam Shohjahon esa bu yil 1-sinfga
keldi.Juda ham erkatoy.
Uyimiz to`rt xonali.Bobom bilan buvim uchun alohida, ota-onam
uchun ham alohida.Dilobar opamga bir xona va ukam ikkimizga
yana bir xona.Biz yotadigan xona kattaroq.Shu sababli hammamiz
shu yerda ovqatlanamiz.
Hovlimiz kichikroq,lekin chiroyli.Opam turli gullardan ekkan.
Uyimizning atroflarida mevali daraxtlar bor.
Hovlimizning
burchagida molxona joylashgan.Bizda bitta sigir,buzoq, beshta
tovuq, bittagina mushugimiz bor.
Men darslardan 4 va 5 baholarga o`qiyman.Yulduzchali 5 olsam,
bobom menga ozgina sovg`a beradi.To`garaklarga muntazam
qatnashaman.Masalan, matematika va rasm to`garaklari.
Shoshilmasdan, fikringizni jamlab yozishni boshlang.
|