15.Uyushiq bo`laklarni yozish tartibi
Uyushib kelgan bir nechta bo`laklarni yozishda diqqat bilan
fikrimizni jamlab, jumlani to`g`ri yozish lozim. Masalan:
Uy hayvonlariga
ot, sigir, qo`y, echki , mushuklar
kiradi.
Demak, nechta so`z uyushib kelsa ham vergul (,) bilan ketma-ket
yozaveramiz,ammo oxirgisidan oldin
va
so`zi qo`yilgani yaxshiroq.
Ana shu
va
so`zi oxirgi vergulning o`rnida bo`lgani uchun vergul
qo`yilmaydi.
Uy hayvonlariga
ot,sigir,qo`y,echki
va
mushuklar
kiradi.
1-mashq.Berilgan so`zlarni uyushtirib gap tuzing.
Namuna : Ona tili,matematika, tarbiya, musiqa
Ertangi dars jadvalimizda ona tili,matematika, tarbiya hamda
musiqa fanlari bor.
Kulcha, konfetlar,somsa, mevalar.
Yozdi,o`qidi,yodladi.
Chiroyli,katta, yumshoq.
Anvar,Ziyoda, Mirabbos,Bahoroy.
Issiq,xushbo`y,mazali.
Mehribon,muloyim,g`amxo`r.
Spark, Kobalt, Malibu, Kaptiva.
2-mashq.Qisqa tuzilgan gaplarni kengaytiring.
Tuz soldi.
O`zim bilaman.
Kim sindirdi?
Gilamni soling.
Ertaga kelinglar.
Shifo topdi.
|