Uchun ishlagan


Vatan haqida insho yozishga ilk qadam tashlash



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/33
tarix09.05.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#115717
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Uchun ishlagan

20.Vatan haqida insho yozishga ilk qadam tashlash 

 

Insho yozish uchun o`quvchida tushuncha,tasavvur hamda 

ko`nikma bo`lishi kerak. Buning uchun ularga insho qanaqa bo`ladi 

o`zi,degan savolga javob berish lozim.Shu maqsadda tayyor kichik 

insholardan ularga ko`rsatib,tanishtirib boramiz. 

 

1-mashq.Ushbu namunaviy inshoni diqqat bilan o`qib chiqing. 



Keyin uni so`zlab berishga urinib ko`ring. So`ngra siz ham xuddi 

shunga o`xshatib yoza boshlang. 

 

Vatanim 


Reja: 

1.Men yashovchi manzil.

 

          



2.Vatanim haqida bilganlarim. 

          

3.Poytaxt va boshqa shaharlar haqida.

 

          



4.Vatanimga xizmat.

 

   Mening ismim Durdona.Yoshim 10da.Oqqo`rg`on degan tuman 



hududidagi Baxmal qishlog`ida tug`ilganman.Amir Temur ko`chasi 

35-uyda yashayman. Mahallamiz keng.Daraxtlar ko`p, ariqlarda 

zilol suvlar oqadi.Ko`chalar sarishta.Har bir xonadon ostonasiga 

gular ekilgan. Juda ham chiroyli maskan. 

   

Vatanimiz  - O`zbekiston.Unda asosan o`zbeklar yashaydi. Shu 



bilan birga qozoq, tojik, rus,turkman va boshqa millatlar ham biz 

bilan ahil yashab kelmoqda. O`zbekistonimiz to`rt faslga ega ajoyib 

diyor.O`lkamiz tabiati ham juda go`zal.Baland tog`lar, qir-adirlar, 

tekisliklar,dasht va cho`llar ham mavjud.Katta-katta ko`llar hamda 

daryolar xalqimizni suv bilan ta’minlaydi. 

  O`zbekistonimizning poytaxti – Toshkent.Juda ham go`zal shahar. 

Unda baland-baland imoratlar, xiyobonlar, aeroport va temiryo`l 

vokzallari bor.Odamlarga to`lib toshgan.Bundan tashqari Buxoro, 

Samarqand, Xiva, Namangan kabi maftunkor shaharlar mavjud. 

Hammasi ham rivojlangan, zamonaviy.Ulug` ajdodlarimiz shu 

shaharlardan chiqqan. 

   Men Vatanimizni juda-juda sevaman.Unga munosib farzand 

bo`lgim keladi.Hozirda tarix faniga qiziqaman.O`lkamiz tarixini 

o`rganish uchun kelajakda tarix sohasiga o`qishga kirmoqchiman. 

 

 




Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin